“Prezident sovgʻasi” yo'lga chiqdi
- Видео
- О видео
- Скачать
- Поделиться
“Prezident sovgʻasi” yo'lga chiqdi
2, 680 | 11 мес. назад | 47 - 0
#xs_uz #narodnoeslovo
Taʼkidlash lozimki, anʼanaviy tarzda har yili Yangi yil bayrami oldidan oʻtkazib kelinayotgan, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʻlida qurbon boʻlgan bolalar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun “Prezident archasi” tadbiri oʻtkazib kelinadi. 2023-yilgi “Prezident archasi” tadbiriga tayyorgarlik koʻrish
va uni oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-noyabrdagi tegishli majlis bayoniga asosan, Mehribonlik uylari, oilaviy bolalar uylari, “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalari, bolalar uylari va “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar internat uylari tarbiyalanuvchilari, mahallalarda istiqomat qilayotgan yetim va ota-ona qaromogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʻlida qurbon boʻlgan oilalarning 3 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalari hamda “Mehrli maktab” oʻquvchilari uchun umumiy hisobda 11 000 dona “Prezident sovgʻasi” tayyorlandi.“Prezident sovgʻasi” tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yoʻllangan Yangi yil bayrami tabrigi,
17 turdagi shirinliklar, 2 nomdagi kanselyariya mahsulotlari, smart soat, dars magnit taxtasi va boshqa sovgʻalar kiritilgan.Shuningdek, 12 yoshdan katta 1600 nafar tarbiyalanuvchilar sovgʻalari tarkibiga planshetlar ham kiritilgan.“Prezident sovgʻasi” mamlakatimizning 10 ta hududiga, xususan: Qoraqalpogʻiston Respublikasi; Xorazm viloyati ; Buxoro viloyati; Navoiy viloyati; Surxondaryo viloyati; Qashqadaryo viloyati; Samarqand viloyati; Andijon viloyati; Fargʻona viloyati; Namangan viloyatiga “Uzbekistan Airways” AJ samolyotlari orqali,Sirdaryo viloyati; Jizzax viloyati; Toshkent viloyati; Toshkent shahriga hududiy Davlat yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining kuzatuvi ostida avtotransport vositalari orqali yetkaziladi. Mehribonlik uylari, oilaviy bolalar uylari, “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalari, bolalar uylari va “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar internat uylari tarbiyalanuvchilari, mahallalarda istiqomat qilayotgan yetim bolalar va ota-ona qaromogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, shuningdek, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʻlida qurbon boʻlgan oilalar farzandlariga “Prezident sovgʻasi” hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30-dekabr kunlari
tantanali tarzda topshiriladi.Tadbir davomida jurnalistlarning mavzuga doir savollariga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob berib oʻtildi.
Чтобы скачать видео "“Prezident sovgʻasi” yo'lga chiqdi" передвинте ползунок вправо
- Комментарии
Комментарии ФБ