Uzbekistan Airways 24-Airbus A320neo havo kemasini qabul qildi
- Видео
- О видео
- Скачать
- Поделиться
Uzbekistan Airways 24-Airbus A320neo havo kemasini qabul qildi
56, 414 | 6 мес. назад | 474 - 0
#xs_uz #narodnoeslovo
Bugun, 8-may kuni Uzbekistan Airways aviaparki yana bir Airbus A320neo havo kemasi bilan to‘ldirildi. An’anaga ko‘ra, avialayner Toshkent xalqaro aeroportida suv arkasi bilan kutib olindi.
UK32029 raqami bilan ro‘yxatga olingan Airbus A320neo Tayvandan yetib keldi va 170 o‘rinli ikki toifali klassga ega: 8 biznes-klass va 162 ekonom-klass o‘rindiqlari. Bortning o‘ziga xos xususiyati – uchuvchilar kabinasi oynalari atrofidagi qora ramkadir. Havo kemasini bo‘yash uchun aviatsiya sanoatidagi eng yaxshi emallardan biri AKZO NOBLE BCC tanlangan. Havo kemasi uzoq muddatli lizing asosida yetkazib berildi.
Yetkazib kelish aviakompaniyaning tajribali uchuvchilari – parvoz otryadi sardori o‘rinbosari Evgeniy Nagay va havo kemasi sardori Farhod Latipov amalga oshirdi. Havo kemasini qabul qilishda bortkuzatuvchi-instruktor Dinara Dadaboyeva ham ishtirok etdi. Avialayner tez yaqin kunlarda o‘zining birinchi yo‘lovchilarini qabul qilib, muntazam va charter aviaqatnovlarini amalga oshirishni boshlaydi.
“Uzbekistan Airways yangi havo kemalar olish va parvozlar geografiyasini kengaytirish, respublikaga xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish hamda O‘zbekiston fuqarolariga dunyo bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tuzilgan rejalarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Aviakompaniyaning barcha avialaynerlari sifat, qulaylik, xavfsizlik bo‘yicha zamonaviy talablarga javob beradi, shuningdek, Uzbekistan Airways’ni xalqaro maydondagi eng ishonchli aviatashuvchilardan biri sifatidagi maqomini mustahkamlaydi”, – deydi “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi Shuxrat Shavkatovich Xudaykulov.
Airbus A320neo – mashhur Airbus A320 oilasining tor fyuzelyajli laynerlarining yangi avlodi. “neo” qisqartmasi “New Engine Option”, ya’ni “yangi dvigatel tanlovi” degan ma’noni anglatadi, bu yoqilg‘i sarfini, foydalanish xarajatlarini va karbonad angidrid ishlab chiqarishini kamaytiradi, shuningdek, parvoz masofasi va yuk ko‘tarish imkoniyatini oshiradi.
Bugungi kunda Airbus A320neo havo kemasi dunyodagi eng yaxshi o‘rta masofali avialaynerlardan biri bo‘lib, u eng yuqori darajadagi xavfsizlik va samaradorlikni taqdim etadi. Ta’kidlash joizki, karbonad angidrid chiqindilari darajasi avvalgi avlodga nisbatan 20% ga kamaygan, bu esa havo kemasini o‘rta masofaga parvoz qiladigan xuddi shunday avialaynerlarga nisbatan ekologik toza bo‘lishiga olib keladi.
Чтобы скачать видео "Uzbekistan Airways 24-Airbus A320neo havo kemasini qabul qildi" передвинте ползунок вправо
- Комментарии
Комментарии ФБ