“Dunyo sadolari” xalqaro festivali oʻz faoliyatini boshladi
- Видео
- О видео
- Скачать
- Поделиться
“Dunyo sadolari” xalqaro festivali oʻz faoliyatini boshladi
901 | 4 мес. назад | 9 - 0
#xs_uz #narodnoeslovo
“Dunyo sadolari” xalqaro festivali oʻz faoliyatini boshladi
Muallif: Saminjon XUSANOV
Muxbir: -Bir necha kundirki, Xonobod shahri mehmonlar bilan gavjum. Sababi, garchi, “Dunyo sadolari” II xalqaro milliy estrada sanʼati festivali 29- 30- 31-iyul kunlari boʻlib oʻtishi kerak boʻlsada, festival doirasidagi tadbirlar bundan bir necha kun avval boshlangan. Ayniqsa, kechki soatlarda turli madaniy-koʻngilochar dasturlar boʻlib oʻtmoqda.
Festivalning asosiy qismi bugundan boshlandi. Uch kun davom etadigan ushbu tadbirga katta tayyorgarlik koʻrildi. Jumladan, elektr, tabiiy gaz, toza ichimlik suvi taʼminotidagi uzluksizlik joriy etildi. Minglab mehmonxona uylari, yuzdan ortiq ovqatlanish shoxobchalari, internet tarmogʻi mehmonlar xizmatida. Koʻngilochar manzillarda dam oluvchilar uchun madaniy tadbirlar tashkil etilgan.
Kun davomida turli koʻrgazmalar, konsert dasturlari namoyish etiladi. Jumladan, hunarmandlar va rassomlar koʻrgazmalari, liboslar namoyishlari, gastronomik tanlovlar boʻlib oʻtyapti. Kechki soat 18.00 dan 22.00 gacha bogʻning asosiy sahnasida Z.M. Bobur nomli viloyat musiqa va drama, Yoshlar hamda Qoʻgʻirchoq teatrlari ijodiy jamoalari, tuman, shahar madaniyat boʻlimlari, folklor-etnografik jamoalari, estrada xonandalari ishtirokida madaniy-koʻngilochar tadbirlar, konsert dasturlari namoyish etiladi.
“Andijon-Xonobod” poyezd qatnovining yoʻlga qoʻyilishi esa mehmonlar uchun yana bir qulaylik boʻldi.
Ayni paytda Xonobod shahri mehmonlar bilan gavjum. Hududning oʻnlab manzillarida festival doirasidagi tadbirlar boʻlib oʻtmoqda. Asosiy namoyishlar esa kechki vaqtlarda boʻlib oʻtilishi koʻzda tutilgan boʻlib, unda festivalning ochilish marosimi, oʻzbek va chet el estrada yulduzlari ishtirokidagi konsert dasturlari boʻlib oʻtadi.
Чтобы скачать видео "“Dunyo sadolari” xalqaro festivali oʻz faoliyatini boshladi" передвинте ползунок вправо
- Комментарии
Комментарии ФБ