Jurnalistlar Toshkent – Xiva yoʻnalishidagi poyezdlarda yangi plaskart vagonlari bilan tanishishdi
- Видео
- О видео
- Скачать
- Поделиться
Jurnalistlar Toshkent – Xiva yoʻnalishidagi poyezdlarda yangi plaskart vagonlari bilan tanishishdi
482 | 11 мес. назад | 5 - 0
#xs_uz #narodnoeslovo
Mamlakatimizda yoʻlovchilarni shaharlararo tashishda eng qulay va xavfsiz transport turi temir yoʻl boʻlib qolmoqda. Bunga sabab respublikamizda yengil avtomobillarning ortib borayotgani, natijada viloyatlarni bir-biri bilan bogʻlaydigan avtomobil yoʻllarida yil sayin tirbandliklarning koʻpaygani va yoʻllarda tezlikning cheklanib borayotgani asosiy sabablardan biri, desak yanglishmaymiz.
Shu bois temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni tashishga boʻlgan talab tobora ortib bormoqda. Maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali 9,1 million yoʻlovchi tashilgan. Yoʻlovchi tashish hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 780 ming nafarga oshgan.
Bu esa ushbu sohaga boʻlgan talabni yanada oshiryapti. Shu maqsadda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yoʻlovchilarga qulaylik yaratish, shaharlararo harakatlanganda chiptalar tanqisligining oldini olish maqsadida uzoq masofaga harakatlanadigan va yoʻlovchilar talabi yuqori boʻlgan yoʻnalishlardagi poyezdlarda vagonlar sonini oshirishga harakat qilinmoqda.
Xususan, Toshkent – Xiva – Toshkent yoʻnalishida harakatlanadigan 56-55- sonli yoʻlovchi poyezdlari, qatnovda manzili uzoq va yoʻlovchilar talabi yuqori boʻlgan tarkib sanaladi. “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan joriy yil davomida 17 ta yangi plaskart turdagi yoʻlovchi vagonlari sotib olingan, 50 ta ziyod plaskart vagonlar modernizatsiya qilingan. Ayni kunda “Toshkent-Xiva-Toshkent”, “Andijon-Xiva-Andijon”, “Toshkent-Qoʻngʻirot-Toshkent”, “Toshkent-Termez-Toshkent” yoʻnalishlarida yangi xarid qilingan hamda modernizatsiya qilingan plaskart vagonlar yoʻlovchilarning uzogʻini yaqin qilmoqda. Shuningdek, Jamiyat vagon parki imkoniyati cheklangan, yoki bemorlarga moʻljallangan 3 ta maxsus kupe vagonlar bilan toʻldirildi. Ushbu vagonlarning 2 tasida “Toshkent-Xiva-Toshkent” yoʻnalishida, 1 tasida “Toshkent-Alat-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan yoʻlovchi poyezdi tarkibiga ulangan.
Jamiyat tomonidan tashkil etilgan tungi media-turda bir guruh ommaviy axborot vositalari vakillari “Toshkent – Xiva – Toshkent” yoʻnalishidagi poyezd tarkibiga qoʻshilgan yangi vagonlarda safarga chiqib, “ming marta eshitgandan koʻra, bir marta koʻrgan yaxshi” maqoliga amal qilib, yangi vagonlarning imkoniyatlari va qulayliklari, yoʻlovchilarning ushbu oʻzgarishlarga munosabatlarini oʻrganishdi.
Чтобы скачать видео "Jurnalistlar Toshkent – Xiva yoʻnalishidagi poyezdlarda yangi plaskart vagonlari bilan tanishishdi" передвинте ползунок вправо
- Комментарии
Комментарии ФБ