Jamoat xavfsizligini ta'minlash xodimlarini foto va videoga olish mumkin. Lekin...

  • Видео
  • О видео
  • Скачать
  • Поделиться

Jamoat xavfsizligini ta'minlash xodimlarini foto va videoga olish mumkin. Lekin...

#xs_uz #narodnoeslovo Qoʻmita majlisida keng jamoatchilik eʼtiborida boʻlgan qonun muhokamasi davom ettirildi Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi majlisida “Yoʻl harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun koʻrib chiqilgan edi. 15-yanvar kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi Qoʻmita majlisida ham mazkur Qonun muhokamasi davom ettirildi. Unda senatorlar, Qoʻmita huzurida tashkil etilgan Ekspert guruhi aʼzolari, soha mutaxassislari, olimlar, shuningdek, Ichki ishlar, Adliya va Raqamli texnologiyalar vazirliklari, Bojxona qoʻmitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oliy sud, Bosh prokuraturasi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi va OAV xodimlari ishtirok etdi. Majlisda Qonunning dastlabki muhokamasi OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, muhokamalarga sabab boʻlgani aytib oʻtildi. Shu bois Qoʻmita majlisiga taklif etilgan OAV vakillarining savollariga batafsil javob qaytarildi. Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda yoʻl harakati qoidalarini yanada takomillashtirish, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish hamda yoʻl harakati xavfsizligini nazorat qilish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, yoʻl harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirishga, shu jumladan haydovchilar va piyodalarning yoʻl harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirishga, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga, shuningdek yoʻl harakatining tashkil etilishini toʻliq raqamlashtirishga qaratilgan huquqiy asoslar yaratilmoqda. Tadbirda keltirib oʻtilganidek, ayrim haydovchilar tomonidan yoʻl harakati qoidalariga amal qilmaslik natijasida yoʻl-transport hodisalari soni ortib bormoqda. Jumladan, 2023-yilning 11 oyida esa 8 693 ta YTH sodir etilib, ularda 2 080 nafar inson halok boʻlgan va 8 055 nafar inson tan jarohati olgan. 2020-yilda mast holda transport vositasini boshqarish bilan bogʻliq 25 035 ta, 2021-yilda 40 542 ta, 2022-yilda 47 365 ta va 2023-yilda 41 866 ta huquqbuzarlik aniqlangan. Eng achinarlisi, faqatgina 2023-yilda qariyb 6 ming haydovchi mast holda transport vositasini boshqarganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgandan soʻng takroran transport vositasini mast holatda boshqarganligi aniqlangan. Mast holda transport vositasini boshqarish oqibatida 2020-2023-yillarda qariyb 500 ga yaqin yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan va buning oqibatida ushbu davrda 271 nafar fuqaro halok boʻlgan. Oʻtkazilgan oʻrganishlar tahlili koʻrsatishicha, yoʻl harakati qoidabuzarliklar uchun amaldagi qonun hujjatlarida taʼsir koʻrsatuvchi omillar mavjud emasligi va bu bilan jazo muqarrarligi taʼminlanmaganligi yoʻl-transport hodisalari koʻpayishining asosiy sabablaridan biri boʻlmoqda. Muhokama qilinayotgan Qonun bilan yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, qoʻpol qoidabuzarliklar sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini taʼminlash, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxs tomonidan transport vositasini takroran boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash hamda siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida ishlaydigan transport vositalari ishtirokidagi hodisalar boʻyicha alohida moddalarda maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni belgilash nazarda tutilmoqda. Mutaxassislar tomonidan shu kabi holatlar inobatga olinib, Jinoyat kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish orqali transport vositasini takroran mast holda boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlik, yaʼni uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilanayotgani aytib oʻtildi. Majlis davomida mazkur Qonunning jamoatchilikning keng muhokamalariga sabab boʻlgan moddalari boʻyicha jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.
646   |   10 мес. назад  |   9 - 0
 

Jamoat xavfsizligini ta'minlash xodimlarini foto va videoga olish mumkin. Lekin...

Скачайте изображение (превью) выбрав качество


320x180 480x360 640x480 1280x720

#xs_uz #narodnoeslovo
Qoʻmita majlisida keng jamoatchilik eʼtiborida boʻlgan qonun muhokamasi davom ettirildi

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi majlisida “Yoʻl harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun koʻrib chiqilgan edi.

15-yanvar kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi Qoʻmita majlisida ham mazkur Qonun muhokamasi davom ettirildi.

Unda senatorlar, Qoʻmita huzurida tashkil etilgan Ekspert guruhi aʼzolari, soha mutaxassislari, olimlar, shuningdek, Ichki ishlar, Adliya va Raqamli texnologiyalar vazirliklari, Bojxona qoʻmitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oliy sud, Bosh prokuraturasi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi va OAV xodimlari ishtirok etdi.

Majlisda Qonunning dastlabki muhokamasi OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, muhokamalarga sabab boʻlgani aytib oʻtildi. Shu bois Qoʻmita majlisiga taklif etilgan OAV vakillarining savollariga batafsil javob qaytarildi.

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda yoʻl harakati qoidalarini yanada takomillashtirish, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish hamda yoʻl harakati xavfsizligini nazorat qilish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, yoʻl harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirishga, shu jumladan haydovchilar va piyodalarning yoʻl harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirishga, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga, shuningdek yoʻl harakatining tashkil etilishini toʻliq raqamlashtirishga qaratilgan huquqiy asoslar yaratilmoqda.

Tadbirda keltirib oʻtilganidek, ayrim haydovchilar tomonidan yoʻl harakati qoidalariga amal qilmaslik natijasida yoʻl-transport hodisalari soni ortib bormoqda.

Jumladan, 2023-yilning 11 oyida esa 8 693 ta YTH sodir etilib, ularda 2 080 nafar inson halok boʻlgan va 8 055 nafar inson tan jarohati olgan.

2020-yilda mast holda transport vositasini boshqarish bilan bogʻliq 25 035 ta, 2021-yilda 40 542 ta, 2022-yilda 47 365 ta va 2023-yilda 41 866 ta huquqbuzarlik aniqlangan.

Eng achinarlisi, faqatgina 2023-yilda qariyb 6 ming haydovchi mast holda transport vositasini boshqarganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgandan soʻng takroran transport vositasini mast holatda boshqarganligi aniqlangan.

Mast holda transport vositasini boshqarish oqibatida 2020-2023-yillarda qariyb 500 ga yaqin yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan va buning oqibatida ushbu davrda 271 nafar fuqaro halok boʻlgan.

Oʻtkazilgan oʻrganishlar tahlili koʻrsatishicha, yoʻl harakati qoidabuzarliklar uchun amaldagi qonun hujjatlarida taʼsir koʻrsatuvchi omillar mavjud emasligi va bu bilan jazo muqarrarligi taʼminlanmaganligi yoʻl-transport hodisalari koʻpayishining asosiy sabablaridan biri boʻlmoqda.

Muhokama qilinayotgan Qonun bilan yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, qoʻpol qoidabuzarliklar sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini taʼminlash, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxs tomonidan transport vositasini takroran boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash hamda siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida ishlaydigan transport vositalari ishtirokidagi hodisalar boʻyicha alohida moddalarda maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni belgilash nazarda tutilmoqda.

Mutaxassislar tomonidan shu kabi holatlar inobatga olinib, Jinoyat kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish orqali transport vositasini takroran mast holda boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlik, yaʼni uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilanayotgani aytib oʻtildi.

Majlis davomida mazkur Qonunning jamoatchilikning keng muhokamalariga sabab boʻlgan moddalari boʻyicha jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.


Jamoat xavfsizligini ta'minlash xodimlarini foto va videoga olish mumkin. Lekin...

Чтобы скачать видео "Jamoat xavfsizligini ta'minlash xodimlarini foto va videoga olish mumkin. Lekin..." передвинте ползунок вправо



Покажите вашим друзьям, добавьте в соцсети

Ссылка на страницу с видео:

 

Ссылка HTML на страницу с видео:

 

Код для вставки плеера:


  • Комментарии

Комментарии ФБ


Уважаемые друзья!

Источником всего видеоконтента, в том числе проигрывающегося на страницах ресурса ruslar.me, является сторонний видео ресурс, а именно общедоступный видеохостинг YouTube.com, предоставляющий открытый доступ к своему видеоконтенту (используя открытую и общедоступную технологию video API3 youtube.com)!

Проблемы с авторскими правами

Если вам принадлежат авторские права на данное видео, которое было загружено без вашего согласия на YouTube.com, перейдите на страницу этого видео сайта YouTube.com , нажмите на ссылку под проигрывателем Ещё -> "Пожаловаться" -> "Нарушение моих прав" и в выпадающем меню, выбирите, что именно нарушается и нажмите кнопку "Отправить".



Неприемлемый контент

Чтобы сообщить о неприемлемом видео, перейдите на YouTube, нажмите на ссылку под проигрывателем Ещё -> "Пожаловаться" и выберите в "Сообщить о нарушении" что именно вас не устраивает в этом видео. Подробнее о наших правилах читайте в Условиях использования.