Bojxona qoʻmitasi 172 ming qutidan ziyod tamaki mahsulotlarini yoʻq qildi

  • Видео
  • О видео
  • Скачать
  • Поделиться

Bojxona qoʻmitasi 172 ming qutidan ziyod tamaki mahsulotlarini yoʻq qildi

#xs_uz #narodnoeslovo Bojxona qoʻmitasi tomonidan oʻtgan davr mobaynida noqonuniy muomaladan olingan tamaki mahsulotlarini keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirokida oshkora yoʻq qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi. Mazkur amaliyot keng jamoatchilik tomonidan ijobiy baholanib, bu kabi tadbirlarni muntazam davom ettirish maqsadga muvofiqligini koʻrsatmoqda. Shu boisdan Bojxona qoʻmitasi tomonidan poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi zavodlardan birida tamaki mahsulotlarini yoʻq qilishga qaratilgan navbatdagi tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda bojxona organlari tomonidan fosh qilingan bir nechta holatlarda qonunbuzarlardan olib qoʻyilgan va sud hukmlariga binoan yoʻq qilishi belgilangan 172 392 quti tamaki mahsulotlari maxsus pechlarda yoqib yuborildi. Yoʻq qilingan tamaki mahsulotlaridan 154 320 qutisi 2023-yilning avgust oyida Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan aniqlangan holatda huquqbuzarlik ashyosi sifatida olib qoʻyilgan edi. 2023-yil 24-avgust kuni oʻtkazilgan mazkur tezkor tadbirda aniqlanishicha, 2 nafar fuqaro muqaddam Oʻzbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy ravishda olib oʻtilgan umumiy qiymati 2 mlrd soʻmlik 32 nomdagi 154 320 quti xorijda ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda oʻtkazish maqsadida yashash xonadonida saqlab kelayotgan boʻlgan. Jinoyat ishlari boʻyicha Yangihayot tuman sudining 2024-yil 23-fevraldagi hukmi bilan ushbu shaxslar Jinoyat kodeksining 1861-moddasi 3-qismi “a” bandida (tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, 4-yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Tadbir doirasida jurnalistlar va blogerlar uchun matbuot anjumani ham tashkil qilindi. Unda Bojxona qoʻmitasi, Majburiy ijro byurosi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya-epidiyemologik osoyishtalik, sogʻliqni saqlash idoralaridan vakillar ishtirok etishdi. Ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javob berar ekan Bojxona qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari Otabek Choriyev yoʻq qilinayotgan tamaki mahsulotlari quyidagilarga koʻra kontrafakt va sifatsiz hisoblanishini taʼkidladi. Birinchidan, Oʻzbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqalishi hamda isteʼmol qilinishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilgan boʻlib, tamaki mahsulotining qutisida tibbiy ogohlantirish yaʼni tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning inson sogʻligʻiga salbiy taʼsiri toʻgʻrisidagi axborotlar mavjud emas. Ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2020-yil 20-noyabrdagi 737-son qaroriga muvofiq, respublika hududida barcha tamaki mahsulotlari maxsus kod bilan markirovkalanishi shart etib belgilangan boʻlsa-da, ushbu tamaki mahsulotlari markirovkalanmagan. Uchinchidan, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlariga va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 14-avgustdagi 285-son qaroriga muvofiq, aksiz soligʻi yigʻimining toʻliqligi ustidan davlat nazoratini oʻrnatish, shuningdek nolegal ishlab chiqarishning va respublika hududiga keltirishning oldini olish maqsadida Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlari majburiy ravishda aksiz markalari bilan markalanishi lozim. Biroq, ushbu holatda tamaki mahsulotlarida aksiz markalar mavjud emas. Eslatib oʻtamiz, bojxona organlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda 2023-yilda aniqlangan 291 ta holatda qiymati 92,2 mlrd soʻmlik 5,7 mln quti, joriy yilda esa 196 ta holatda qiymati 17,7 mlrd soʻmlik salkam 798 ming quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyilgan.
175   |   6 мес. назад  |   5 - 0
 

Bojxona qoʻmitasi 172 ming qutidan ziyod tamaki mahsulotlarini yoʻq qildi

Скачайте изображение (превью) выбрав качество


320x180 480x360 640x480 1280x720

#xs_uz #narodnoeslovo
Bojxona qoʻmitasi tomonidan oʻtgan davr mobaynida noqonuniy muomaladan olingan tamaki mahsulotlarini keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirokida oshkora yoʻq qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.
Mazkur amaliyot keng jamoatchilik tomonidan ijobiy baholanib, bu kabi tadbirlarni muntazam davom ettirish maqsadga muvofiqligini koʻrsatmoqda.
Shu boisdan Bojxona qoʻmitasi tomonidan poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi zavodlardan birida tamaki mahsulotlarini yoʻq qilishga qaratilgan navbatdagi tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda bojxona organlari tomonidan fosh qilingan bir nechta holatlarda qonunbuzarlardan olib qoʻyilgan va sud hukmlariga binoan yoʻq qilishi belgilangan 172 392 quti tamaki mahsulotlari maxsus pechlarda yoqib yuborildi.
Yoʻq qilingan tamaki mahsulotlaridan 154 320 qutisi 2023-yilning avgust oyida Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan aniqlangan holatda huquqbuzarlik ashyosi sifatida olib qoʻyilgan edi.
2023-yil 24-avgust kuni oʻtkazilgan mazkur tezkor tadbirda aniqlanishicha, 2 nafar fuqaro muqaddam Oʻzbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy ravishda olib oʻtilgan umumiy qiymati 2 mlrd soʻmlik 32 nomdagi 154 320 quti xorijda ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda oʻtkazish maqsadida yashash xonadonida saqlab kelayotgan boʻlgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Yangihayot tuman sudining 2024-yil 23-fevraldagi hukmi bilan ushbu shaxslar Jinoyat kodeksining 1861-moddasi 3-qismi “a” bandida (tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, 4-yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Tadbir doirasida jurnalistlar va blogerlar uchun matbuot anjumani ham tashkil qilindi. Unda Bojxona qoʻmitasi, Majburiy ijro byurosi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya-epidiyemologik osoyishtalik, sogʻliqni saqlash idoralaridan vakillar ishtirok etishdi.
Ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javob berar ekan Bojxona qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari Otabek Choriyev yoʻq qilinayotgan tamaki mahsulotlari quyidagilarga koʻra kontrafakt va sifatsiz hisoblanishini taʼkidladi.

Birinchidan, Oʻzbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqalishi hamda isteʼmol qilinishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilgan boʻlib, tamaki mahsulotining qutisida tibbiy ogohlantirish yaʼni tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning inson sogʻligʻiga salbiy taʼsiri toʻgʻrisidagi axborotlar mavjud emas.
Ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2020-yil 20-noyabrdagi 737-son qaroriga muvofiq, respublika hududida barcha tamaki mahsulotlari maxsus kod bilan markirovkalanishi shart etib belgilangan boʻlsa-da, ushbu tamaki mahsulotlari markirovkalanmagan.

Uchinchidan, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlariga va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 14-avgustdagi 285-son qaroriga muvofiq, aksiz soligʻi yigʻimining toʻliqligi ustidan davlat nazoratini oʻrnatish, shuningdek nolegal ishlab chiqarishning va respublika hududiga keltirishning oldini olish maqsadida Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlari majburiy ravishda aksiz markalari bilan markalanishi lozim. Biroq, ushbu holatda tamaki mahsulotlarida aksiz markalar mavjud emas.

Eslatib oʻtamiz, bojxona organlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda 2023-yilda aniqlangan 291 ta holatda qiymati 92,2 mlrd soʻmlik 5,7 mln quti, joriy yilda esa 196 ta holatda qiymati 17,7 mlrd soʻmlik salkam 798 ming quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyilgan.


Bojxona qoʻmitasi 172 ming qutidan ziyod tamaki mahsulotlarini yoʻq qildi

Чтобы скачать видео "Bojxona qoʻmitasi 172 ming qutidan ziyod tamaki mahsulotlarini yoʻq qildi" передвинте ползунок вправо



Покажите вашим друзьям, добавьте в соцсети

Ссылка на страницу с видео:

 

Ссылка HTML на страницу с видео:

 

Код для вставки плеера:


  • Комментарии

Комментарии ФБ


Уважаемые друзья!

Источником всего видеоконтента, в том числе проигрывающегося на страницах ресурса ruslar.me, является сторонний видео ресурс, а именно общедоступный видеохостинг YouTube.com, предоставляющий открытый доступ к своему видеоконтенту (используя открытую и общедоступную технологию video API3 youtube.com)!

Проблемы с авторскими правами

Если вам принадлежат авторские права на данное видео, которое было загружено без вашего согласия на YouTube.com, перейдите на страницу этого видео сайта YouTube.com , нажмите на ссылку под проигрывателем Ещё -> "Пожаловаться" -> "Нарушение моих прав" и в выпадающем меню, выбирите, что именно нарушается и нажмите кнопку "Отправить".



Неприемлемый контент

Чтобы сообщить о неприемлемом видео, перейдите на YouTube, нажмите на ссылку под проигрывателем Ещё -> "Пожаловаться" и выберите в "Сообщить о нарушении" что именно вас не устраивает в этом видео. Подробнее о наших правилах читайте в Условиях использования.