#xs_uz #narodnoeslovo
Bugungi bahslar beshta vazn toifasida o'tkazildi. Terma jamoamiz a’zosi Davlat Bobonov -90 kg vazn toifasida Toshkent “Katta Dubulg’a” turnirining bronza medalini qo’lga kiritdi. Surxondaryolik polvonimiz terma jamoamiz hisobiga Toshkent “Katta Dubulg’a” turnirining ikkinchi oltin medalini qo’shib qo’ydi. Sportchimiz -100 kg vazn toifasida kechgan final bahsida neytral atlet Matvey Kaniskovskiyni mag’lub etdi. To’raboyev mazkur natijasi evaziga o’z hisobiga jahon va "Parij-2024" Olimpiada reytingi uchun qimmatli bo’lgan 1000 ochkoni ham yozdirib qo’ydi.
Toshkent "Katta Dubulg'a" turnirini O'zbekiston kuchli uchlikda yakunladi.