
Ma'suma bechorahol ayol bo'lib, eri xorijga ishlagani ketgan edi. U bechora erining xorijda uylanib olganligidan bexabar bo'lib, qaynonasi buni undan yashirardi. Nochor oilasi va bolalari uchun pul topaman, deb Mas'uma bir xususiy mehmonxonaga tozalovchi bo'lib ishga kiradi. Direktor ayolni unga rahmi kelib, telefon sotib olishi uchun alohida pul beradi va o'zi safarga ketadi. Ammo, Mas'uma arzon telefon olaman, deb bozordan telefon sotib oladi. Telefon o'g'irlangan bo'lib, Mas'umani Ichki ishlar xodimlari tergov qilishadi. Shunda direktor ayolning eri uni qutqarib qoladi. Unga yaxshi muomala qilib, boshini aylantirib qo'yadi. Mas'uma erkak meni sevib qoldi, deb o'ylaydi. Ammo, u adashganligini bilmagan edi... Direktor ayol o'z erini unga osonlikcha berib qo'yish niyatida emasdi...
Yolqin To'ychiyev filmi
RizaNova ilovasini yuklab oling @
Obuna bo'ling @
RizaNova @ Instagram
RizaNova @ Telegram