#xs_uz #narodnoeslovo
Zomin davlat qoʻriqxonasi oʻzining turfa koʻrinishdagi tabiati bilan insonlarni oʻziga mudom chorlab keladi. Bu yerda oʻrmonzorlardan tashqari mahobatli daralar boʻlib uni koʻrgan istalgan inson borki tabiatning ajoyib chizgilariga maftun boʻlib qoladi. Ayniqsa daraning oʻrtasidan oqib oʻtuvchi soyni bir muddat tomosha qilsangiz butun tashvishingiz ariydi. Shuningdek, bu yerning toza havosi jismingizdagi dardlarni ham aritadi.