Aniq bunaqangi mazzali taom yeb koʻrmagansiz. Baqlajonli noodatiy mazzali taom retsepti #taomlar

Просмотров: 74, 948   |   Загружено: 9 мес.
icon
Кухня Шану
icon
2, 030
icon
Скачать
iconПодробнее о видео
Aniq bunaqangi mazzali baqlajonli taom yemagansiz. Bu safareng mazzali garnir va taom tayyorlaymiz. Retsept yoqsa like bosib videoni yaqinlaringizga yuborib qoʻying. Demak kerakli masalliqlar.
✅ Baqlajon 3-4dona
✅Qiyma 400gr
✅ Piyoz 1dona
✅ Qizil bulgʻori 1dona
✅ Qizil pomildori 1dona
✅Tomat pastasi 1osh q
✅ Tuz va ziravorlar(paprika,murch)
✅ Sarimsoqpiyoz 2-3dona
✅Motsarella sir 200gr
✅pomidor cherry

Baqlajonlar ustiga surtishga sousiga:
✅Oʻsimlik yogʻi
✅Tuz va parika

Pomidorli sous uchun:
✅Suv 200ml
✅ Tomat pastasi1osh q
✅ Tuz

Garnir uchun:
✅@uzrice_official basmati guruchlari 300gr
✅ Vermeshel(pautinka)makaronlar
✅Saryogʻ 100gr
✅Suv va tuz
Baqlajonlarni shunaqa uzunchoq shaklda kesib chiqamiz(6-7mm qalinlikda). Pergament qogoz solingan listimizga bir tarafiga ustiga sous surtamiz va 200gradusga 15 daqiqa davomida pishirib olamiz. Bu orada tovamizga yogʻ, piyoz, qiyma solib qovurib,tuz va ziravorlar,sarimsoq piyozni ezib solamiz va mayda toʻgʻralgan pomidor, qizil balgʻari,tomat pastasi solib yana qovurib olamiz. Pishib chiqan baqlajonlarimiz ustiga tayyorlav olgan qiymamizni soʻngra yana baqlajon va qirgʻichdan chiqarilgan sir va yana baqlajon,qiyma va ohirida sir va pomidor qoʻyamiz va pomidorli sous quyib,180- 200gradusga yana 15 daqiqaga yuvoramiz. Bu orada bemalol guruchli garnir tayyorlab olamiz. Qizib turgan qozonimizga saryogʻni solib ertib mayda pautinka vermishell makronlarni solib tilla rang tuzga kirgach @uzrice_official basmati guruchlarini yuvib solib yana qovurib olamiz va koʻmar darajada suv,tuz solib suvlarini tortguncha baland olovda ushlaymiz. Suvlari tortilgach oshga guruch damlagandey qib damlab 10-15 daqiqaga past olovda qopqogʻini yopib dimlab qoʻyamiz. Albatta tayyorlab koʻring.

Похожие видео

Добавлено: 55 год.
Добавил:
  © 2019-2021
  Aniq bunaqangi mazzali taom yeb koʻrmagansiz. Baqlajonli noodatiy mazzali taom retsepti #taomlar - RusLar.Me