Dunyo tarixida ilk bor tashkil etilgan Osiyo xotin-qizlari forumi

Просмотров: 1, 599   |   Загружено: 6 мес.
icon
Xalq so'zi Online
icon
13
icon
Скачать
iconПодробнее о видео
#xs_uz #narodnoeslovo
Xabar qilganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi taklifi asosda 13-14-may kunlari Samarqandda “Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusidagi Osiyo xotin-qizlari forumi boʻlib oʻtdi.Mazkur nufuzli anjumanning ikkinchi kunida ishtirokchilar oʻzaro tajribalar bilan oʻrtoqlashish, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlarning bu boradagi zamonaviy yondashuvlarini oʻrganish maqsadida “Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllarini bartaraf etishning mintaqaviy jihatlari: ularning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salbiy taʼsirini bartaraf etish boʻyicha preventiv chora-tadbirlar”, “Mintaqadagi nodavlat tashkilotlarning xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi ilgʻor tajribasi, amaliyoti va innovatsion yondashuvlari” kabi mavzularda parallel sessiyalarga boʻlingan holda ishni davom ettirdi.Forumda ishtirok etgan 30 dan ortiq xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan nufuzli mehmonlar – Sharqiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo va Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlarining ayol aʼzolari, hukumatlari rahbarlari, xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi vakolatxonalari hamda xorijiy tashkilotlarning 40 nafardan ortiq vakillari mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadilar. Darhaqiqat, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yuksak siyosiy irodasi tufayli xotin-qizlarning manfaatlarini, gender tenglikni taʼminlash va oilalar mustahkamligi masalalari malakatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan.Buning natijasida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hamda maʼnaviy hayotimizda, muhim qarorlar qabul qilinishida xotin-qizlarning ishtiroki sezilarli ravishda kengayib bormoqda.Qisqa davr ichida sohaga doir xalqaro standartlarga mos milliy qonunchilik bazasi shakllantirildi, soʻnggi 5-yilda 80 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi bunga yorqin misoldir.“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida” hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi muhim qonunlar qabul qilindi va amaliyotga joriy etildi.Gender tenglik siyosatini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish va uni toʻlaqonli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida 2030-yilga qadar moʻljallangan gender strategiyasi qabul qilindi. Uni barcha soha va tarmoqlarga joriy qilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.Qonunchilikka normativ-huquqiy hujjatlarni gender ekspertizadan oʻtkazish, genderga asoslangan milliy byudjetni qabul qilish, gender audit kabi tushunchalar kiritilib, amaliyotga joriy qilinmoqda.Shuningdek, forumda Oʻzbekiston parlamenti yuqori va quyi palatalarida, mahalliy Kengash deputatlari tarkibida, ijro organlarida ham ayollar oʻrni ortib borayotgani qayd etilib, bugun ayol vazirlar, vazir oʻrinbosarlari, hokimlar va hokim oʻrinbosari, yirik nodavlat notijorat tashkiloti rahbari lavozimidagi xotin-qizlar sinfi paydo boʻlgani hamda yil sayin ularning soni ortib borayotgani alohida qayd etildi.Ikki kunlik Forum doirasidagi muloqotlarda iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilib, bu boradagi saʼy-harakat hamda imkoniyatlar umumlashtirildi.Shuningdek, xotin-qizlarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish va imkoniyatlarni ochib berish, shu jumladan, mehnatga teng haq toʻlash, parvarishlash ishlarini baholash va Osiyoda ayollar tadbirkorligi uchun qulay shart-sharoit yaratish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilinib, istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.Forum yakunida olib borilgan muzokara va muhokamalar natijasi sifatida Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi.

Похожие видео

Добавлено: 55 год.
Добавил:
  © 2019-2021
  Dunyo tarixida ilk bor tashkil etilgan Osiyo xotin-qizlari forumi - RusLar.Me