#xs_uz #narodnoeslovo
Har yili azim Toshkent shahrining markaziy xiyobonlarida Yangi yil archasi qad koʻtaradi. Toshkent shahar hokimligi Matbuot-xizmatining rasmiy telegram sahifasida “Yangi yil arafasida poytaxtimizda ajoyib bayramga qizgʻin hozirlik koʻrilayotgani va Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi oldidagi maydonga ajoyib archa oʻrnatildi”, deb eʼlon qildi. Bayram archasi atrofida joylashgan bolalar maydonchalari, tez ovqatlanish shoxobchalari, suvenir doʻkonlari bolalar va kattalarni qabul qilishga shayligi haqida ham aytib oʻtilgan.
Yangi yil archasini koʻrishga keladigan odamlar uchun qiziqarli tadbirlar, shou-dasturlar va taqdimotlar oʻtkaziladi.