ILM VA SALOHIYATNING E’TIROFI

Просмотров: 369   |   Загружено: 1 мес.
icon
Xalq so'zi Online
icon
14
icon
Скачать
iconПодробнее о видео
#xs_uz #narodnoeslovo
Avval xabar qilinganidek, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti dunyoning yana bir nufuzli reyting agentligi “THE (Times Higher Education)” tomonidan e’lon qilingan THE World University Ranking-2025 (dunyo universitetlari reytingi) natijalariga ko‘ra, 43,2 ball bilan dunyo universitetlarining xalqaro reytingida TOR 601 o‘rinni, Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlaridagi universitetlar ichida esa TOR 2-o‘rinni, mamlakatimizdagi OTMlar orasida TOR 1-o‘rinni egallagan edi. Joriy yilning 11 oktyabr kuni TIQXMMI milliy tadqiqot universitetida ana shu xalqaro reyting natijalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda, tegishli vazirlik va idora rahbarlari, universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar, jamoatchilik vakillari, OAV xodimlari ishtirok etdi. Milliy tadqiqot universitetining Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti va Olmaota shahridagi filiali jamaolari ham Zoom platformasi orqali ushbu anjumanda ishtirok etdilar.
Dunyodagi 115 davlatning 10 mingdan ortiq universitetlari ishtirok etgan xalqaro reyting natijalarining ushbu e’tirofi, mamlakatimiz oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning bugungi natijasi o‘laroq qayd etildi. Chunki, keyingi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim sifatini tubdan yaxshilash, jumladan, oliy ta’limni dunyodagi ilg‘or davlatlar tajribasi asosida qayta shakllantirish borasida samarali ishlar olib borilmoqda. Bugungi anjumanda so‘zga chiqqan notiqlar ham bu boradagi amaliy tajribalar asosida fikr yuritdilar.
— Professor-o‘qituvchilarimiz, doktorantlarimiz jamoasining smarali mehnatlari Buyuk Britaniyaning “THE (Times Higher Education)” agentligi tomonidan yuksak e’tirof etilganidan benihoya mamnunmiz,-deydi, TIQXMMI milliy tadqiqot universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, texnika fanlari doktori Shuhrat Shokirov. — Bu natija avvalo mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tufaylidir. Qolaversa, universitet olimlarining ilmiy salohiyati yil sayin yuksala borib, AQSH, Xitoy, Yaponiya, Koreya, Vengriya, Rossiya davlatlaridagi OTM bilan xalqaro hamkorliklarni izchil yo‘lga qo‘ymoqda.
Ilmiy salohiyatimizni yanada yuksaltirish orqali ushbu e’tirofni saqlab qolishimiz, olimlarimizning ilmiy maqolalari hajmi va ko‘lamini yanada ko‘paytirib, TOR 500 va TOR 300 talikka kirishga harakat qilmog‘imiz zarur.
—Dunyo universitetlari reytingida 601 o‘rinni egallashimiz zimmamizga juda katta mas’uliyatlar yuklaydi,-deydi universitet Xalqaro reyting bo‘limi boshlig‘i Ilhom Abdurahmonov.
— Bu e’tirof kelajakda Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, shuningdek qator xorijiy sarmoyador kompaniyalar, moliya institutlari tomonidan ilm-fan va ta’limni rivojlantirishga ajratiladigan investesiyalarni universitetimizga jalb etishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, xorijiy davlatlardagi nufuzli olimlar, professor-o‘qituvchilarni universitetimizga kelib, talaba va doktorantlarimizga dars berishlari uchun ham asos bo‘ladi.
Bugungi kunda universitetimiz olimlari tomonidan mamlakatimiz qishloq va suv xo‘jaligini takomillashtirish, yer resurslaridan unumli foydalanishga muhim hissa qo‘shadigan loyihalar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilayotir. Vengriyaning Nireghaza universiteti olimlari bilan hamkorlikdagi an’anaviy va organik dehqon xo‘jaligini yuritishda masofadan zontlash texnologiyalarini qo‘llash ilmiy loyihasi shular jumlasidandir. Shuningdek, universitetda o‘qish, ta’lim va ish sifati yangilanmoqda. Yuqori modernizatsiyalangan laboratoriyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, professor-o‘qituvchilarimizning ish tajribasi mukammallashmoqda.

Shodiyor MUTAHAROV,
(“Xalq so‘zi”).

Похожие видео

Добавлено: 55 год.
Добавил:
  © 2019-2021
  ILM VA SALOHIYATNING E’TIROFI - RusLar.Me