#xs_uz #narodnoeslovo
Joriy yilning 28 avgustidan 8 sentyabriga qadar Fransiyaning Parij shahrida XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Bu galgi o‘yinlarga 65 nafar o‘zbekistonlik para atlet 9 ta sport turidan (para yengil atletika, para taekvondo, para o‘q otish, para suzish, para kanoe, para akademik eshkak eshish, para dzyudo, para pauerlifting va para velosport) jami 113 ta lisenziya qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekiston Paralimpiyasi tarixida rekord ko‘rsatgich hisoblanadi. Taqqoslash uchun paralimpiyachilarimiz 2016 yil Rio de Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarga 32 ta, Tokio da bo‘lgan o‘yinlarga 70 ta lisenziya qo‘lga kiritgan edi.