#Koronavirus #Covid-19 #Yangiliklar #O'zbekistonda Covid-19 Dan vafot etganlar 100taga yetdi

Просмотров: 605   |   Загружено: 4 год.
icon
Anvarbek Gozimov
icon
3
icon
Скачать
iconПодробнее о видео
#Koronavirus #Covid-19
O‘zbekistonda koronavirus asoratlaridan vafot etganlar soni 100 nafarga yetdi

Nukus shahrida yashovchi 42 yoshli B.D.da (erkak) 3-iyul kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan va Qoraqalpog‘iston yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma'lum qilishicha, unga COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi, semizlik 2-darajasi asoratlari bilan kechgan.

“Biroq shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan muolajalarga qaramay, bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan”, — deyiladi SSV axborotida. Vazirlik axborotida bemor aynan qachon vafot etganiga aniqlik kiritilmagan.

Bu Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilingan 96-o'lim holatidir.

Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Biroq ushbu holatlar haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Похожие видео

Добавлено: 55 год.
Добавил:
  © 2019-2021
  #Koronavirus #Covid-19 #Yangiliklar #O'zbekistonda Covid-19 Dan vafot etganlar 100taga yetdi - RusLar.Me