
Demak krakli masalliqlar:
Qavatli nonimiz uchun:
✅Un 350gr
✅tuz 1ch.q
✅shakar 1osh q
✅hamirturush 1ch.q
✅Suv 120ml iliq suv
✅Margarin yoki soryogʻ 100gr ( hamirga surtish uchun)
✅tuxum sarigʻi (surtish uchun)
Tayyor hamirimizni biroz tindirib,yoyib olamiz yupq qilib,soʻngra margarin surtib oʻqlovga oʻrab,pichoqchada oʻrtasini kesib,videoda koʻrsatilgandey rulet qib oʻraymiz va qavatli qismini bosib yoyib olib ustiga tuxum sarigʻini surtib 180gradusda 25daqiqa davomida qizartirib pishirib olamiz.
✅Goʻsht 400gr (manda qoʻy goʻshti)
✅Saryog’ 100gr(yoki oʻsimlik yogʻi)+yana 100gr ustiga ertib quyish uchun
✅Tuz va ziravorlar (paprika, murch, koriandr)
✅Sarimsoq piyoz2-3dona
✅Soyeviy sous 2osh q
Videoda koʻrsatilgan ketma ketlikda qovurib olib,goʻshtimiz suvlari ketguncha qovuramiz va 50 ml suv solib 5-10 daqiqa dimlab qoʻyamiz.
✅Suzma 150gr
✅tuz 1ch.q
✅Suv 100ml
Salatlari uchun:
✅Bodring 2dona
✅pomidor 1dona
✅piyoz 1dona
✅koʻkatlardan kashnich va ukrop
Issiq nonlarimizni laganga boʻlib olib suzmali sousini quyamiz va salatlarini solib, ustidan goʻshtlarini taxlaymiz va eritilgan issiq saryogʻni quyib dasturxonga tortamiz. Juda ham mazzali boʻladi. Bir bora boʻlsa ham albatta tayyorlab koʻring.