Bir qizni sevdim o‘n to‘qqiz yoshida,
Ko‘ngil beribman bilmay boshida,
Nahotki adashdim sevgi yo‘lida,
Yuragim soddasan, soddasan.
Do‘stlarim kulardi unu qoshida,
Shu kunlar bor ekan yigit boshida,
Ne qilay ko‘nglim yo‘q o‘zgasida,
Yuragim soddasan, soddasan.
Oygul yuzingdan bermading bo‘sa,
Ha men oshiqman, telbaman o‘sha,
Izingdan yurmagan qanchadan-qancha,
Meni qiynaydi o‘sha tun, o‘sha!
Oygul yuzingdan bermading bo‘sa,
Ha men oshiqman, telbaman o‘sha,
Izingdan yurmagan qanchadan-qancha,
Meni qiynaydi o‘sha tun, o‘sha!
Oshiqlarin o‘raydi u ko‘zida,
Nelar yashiringan gul yuzida,
Mening muhabbatim uning qo‘lida,
Yuragim soddasan, soddasan.
Yolg‘onlarin qo‘ymaydi so‘zida,
Sezmadim nafrat bor ekan dilida,
Vafoni ko‘rmadim eh sevgisida,
Yuragim soddasan, soddasan.
Oygul yuzingdan bermading bo‘sa,
Ha men oshiqman, telbaman o‘sha,
Izingdan yurmagan qanchadan-qancha,
Meni qiynaydi o‘sha tun, o‘sha!
Oygul yuzingdan bermading bo‘sa,
Ha men oshiqman, telbaman o‘sha,
Izingdan yurmagan qanchadan-qancha,
Meni qiynaydi o‘sha tun, o‘sha!
Официальный сайт:
Подпишись на канал
NEVO @ Одноклассники
NEVO @ Instagram
NEVO @ Вконтакте
NEVO @ Facebook
NEVO @ Telegram