“Salomatlik” tibbiy sanitar yordam poyezdi yana xizmat safarida

Просмотров: 40   |   Загружено: 1 год.
icon
Xalq so'zi Online
icon
0
icon
Скачать
iconПодробнее о видео
Bugun “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va Sog‘lom avlod uchun xalqaro xayriya fondi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Toshkentdan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga navbatdagi salomatlik poyezdi jo‘natildi. Shu munosabat bilan Toshkent Markaziy temir yo‘l vokzalida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Sog‘lom avlod uchun xalqaro xayriya fondi hamda Respublika sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, 2001 yilda tashkil qilingan mazkur salomatlik poyezdi bugun o‘zining 50 chi yubiley qatnovini amalga oshirayotgan bo‘lib, unda 20 nafar temir yo‘l sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Sog‘lom avlod uchun xalqaro xayriya fondi hamda Respublika sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli bir qancha tibbiyot muassalaridan 100 nafarga yaqin oliy toifali shifokorlar safarga otlandi. Mazkur salomatlik poyezdi zamonaviy diagnostika asbob uskunalari bilan to‘liq jihozlangan. 10 kun mobaynida mutaxassislar Qoraqalpog‘iston Respublikasining chekka hududlarida istiqomat qilayotgan aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadilar, shu bilan birga ularga tibbiy maslahatlar berib, bepul dori darmon tarqatadilar. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 15 aprelgacha mazkur salomatlik poyezdi mutaxassislari tomonidan Buxoro hududining “Buzaubay-Uchquduk-II-Qizil-quduq-Mustaqillik-Kara-katta-Konimex Tinchlik-Adjibugut” bekatlarida aholini va bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilib, vaqtida kasalliklarni oldini olish maqsadida barcha aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Похожие видео

Добавлено: 55 год.
Добавил:
  © 2019-2021
  “Salomatlik” tibbiy sanitar yordam poyezdi yana xizmat safarida - RusLar.Me