Muhim siyosiy voqeaga uch kun qoldi

Просмотров: 55   |   Загружено: 1 год.
icon
Xalq so'zi Online
icon
3
icon
Скачать
iconПодробнее о видео
#xs_uz #narodnoeslovo
2023- yil 9-iyul kunida davlatimiz va xalqimiz hayotida muhim siyosiy voqea – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻlib oʻtadi. Bu barcha darajadagi saylov komissiyalarining zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklaydi.

Mamlakatimiz saylov tizimini isloh qilish va yanada demokratlashtirish, uning huquqiy asoslarini mustahkamlash, milliy qonunchiligimizni saylov huquqiga oid xalqaro standartlarga uygʻunlashtirishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlash darkor.

Xalq soʻzi muxbirlari ushbu jarayondagi tayyorgarlikning qanchalik darajada eng ilgʻor demokratik prinsiplar asosida va yuksak tashkiliy darajada amalga oshirishayotganligini bilish maqsadida Yunusobod tumanida joylashgan 519-saylov uchastkasi hamda “Sh.Rashidov” mahallasi, Yakub Kolas koʻchasi 105-saylov uchastkalari bilan yaqindan tanishdilar.

Maʼlumot uchun, Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotiga koʻra, 1-iyul holatida muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatidan 376 623 kishi foydalangan. Ulardan 101 031 nafari xorijda ovoz bergan.

Похожие видео

Добавлено: 55 год.
Добавил:
  © 2019-2021
  Muhim siyosiy voqeaga uch kun qoldi - RusLar.Me