#xs_uz #narodnoeslovo
Poytaxtimizda oʻtayotgan aralash jang sanʼati turlari (MMA) boʻyicha jahon chempionati sport jamoatchiligining diqqat-markazida boʻlib turibdi.
Aralash jang sanʼati turlari boʻyicha jahon chempionati hal qiluvchi pallaga kirdi. “Humo arena” mezbonlik qilayotgan musobaqada bugun yarim final janglari tashkil etildi.
Unda 29 nafar (17 nafar yoshlar va 12 nafar kattalar) oʻzbekistonlik sportchi final yoʻllanmasi uchun bahs olib bordi.