#xs_uz #narodnoeslovo
Mana to‘qayzorning egalari bo‘lgan Buxoro bug‘ulari ham daryo kechib kelmoqda. Ular bundanda chuqur joylarda ham suza olishsada lekin bug‘ular daryoning sayoz joylaridan o‘tishni afzal ko‘rishadi va shunday joylarni topishadi. Buning sababi daryoning chuqur qismi va undagi kamar joylar bug‘ularning bolalari uchun xavfli hisoblanadi. Lekin biron yirtqich ularga tajovuz qiladigan bo‘lsa ular xavfdan qutulish uchun o‘ylab o‘tirmasdan daryoning to‘g‘ri kelgan joyiga sakrashlari ham mumkin.
Bug‘ulardagi suzish qobiliyati ularning yashab qolishi uchun nihoyatda zarur. Chunki, ular azal-azaldan Qizilqum davlat qo‘riqxonasi va unga yondosh hududlardagi cho‘l va dasht muhiti bilan o‘ralgan mana shunday sohilbo‘yi to‘qayzorlarda yashab keladi.