#xs_uz #narodnoeslovo
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yashil olamni saqlash va koʻpaytirishga qaratilgan ishlar koʻlami yurtimizda nihoyatda kengaydi. Bugun hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻplab mevali va manzarali daraxt nihollari ekilayotgani, yangi bogʻlar tashkil etilayotgani ham ana shu saʼy-harakatlardan darak beradi.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham bunday xayrli amallarning faol ishtirokchisi, desak, ayni haqiqat. Gap shundaki, Toshkent viloyati Nurafshon shahri “Qumariq” mahalla fuqarolar yigʻini hududida 5,5 gektar maydonda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari bogʻi tashkil etilmoqda.