
Daydi shamol nomi bilan tamoshabinlarda taqdim etilayotgan filmning qisqacha mazmunini aytadigan bo’lsak. Film bugungi kunda ommalashib borayotgan va ko’p kata tashkilotlarga jiddiy havf solib kelayotgan xokerlar haqida. Film avvalida tadqiqotchi talabalar o’zlarining yangi ihtirosini ko’rsatadi. Ular dron sinovi uchun mutahassisni taklif etishadi. Mansur kribr jinoyatlar bo’limida ishlab, kichik bo’lsa ham, yangi topshiriq olgan bo’ladi. U talabalar sinovi uchun kelib o’tirishi behuda vaqt ketqazish deb o’ylaydi. Ammo bu boshqa kata jinoyatchilikning oldini olish uchun kata imkoniyat yaratib beradi. Shayx Sulaymon farm nomi bilan tanilgan tadbirkor. Noqonuniy dori vositalarini ishlab chiqadi. U bu nomdan foydalanib xakerlat guruhini tuzadi. Bu orqali o’zining yovuz niyatini amalga oshirishni reja qilgan bo’ladi. Bunda xaker bola Komil unga yordam beradi. Hech bir inson yomon bo’lib tug’ilmaydi. Hayot uni yovuz qilishi mumkin degan ibor Komilga tegishli desak mubolag’a bo’lmaydi. Komil hayotda ko’p qiynalgan. Yoshligidan ota-ona mehriga to’ymagan yigit bo’ladi. Uning kasal ukase bo’lib, ota-ona barcha e’tiborini unga qaratgan bo’ladi. Afsuski doktorlarning xatosi va yaroqsiz dori vositalari sabab uning ukase nogiron bo’lib qoladi. Otasi dokir ishlab chiqaruvchilarni, sudga beradi. Ammo ular suda yutqazadi. Oqibatda Komilning otasi ichkilikka berilib u yana ham mehrdan mosuvo bo’lib qoladi. Uning yagona ovinchog’I bu kompyuteri bo’lib, u faqat uning yonidagina o’zini erkin his eta boshlaydi. Oqibatta u kuchli xakerga aylanadi. Xakerlarni so’playotgan Sulaymon unga kichik topshiriq berib sinaydi. Pul kerakligi uchun Komil shunchaki bu ishga rozi bo’ladi. Va u bir deganda tizimni buzib kiradi. Shu tariqa u Sulaymonning nazariga tushadi.
Shu orada Mansur ham o’z tekshiruv ishlarini boshlab yuborgan. Shayx Sulaymon Farmning shubhali faoliyatini payqab uni tekshirayotgan bo’ladi. Sinob uchun ishlab chiqilgan dron unga qo’l keladi. Shu orqali u jinoyatchilarning izini topishga muvofaq bo’ladi.
Filmning eng kulminatsiyaga yetganida barchasi tubdan o’zgarib ketadi. Komil va unga o’xshagan xakerlar shunchaki Shayx Sulaymonning jirkanch rejasini amalga oshirishi uchun yonlangan ishchi ekanligini, ish yakuniga yetganidan keyin barchasi o’tldirilib yo’borilishini tushunganidan keyin ungaqarshi chiqmoqchi bo’ladi. Ammo uning xakerlikdan boshqa ish qo’lidan kelmas edi. U sinov uchun yasalgan dronga xujum qilib uni buzib kirib Mansurga kata yordam beradi. Shu orqali o’zining ham hayotini saqlab qoladi. Mansur jinoyatchilar, joylashgan joyni aniqlab u yerga hujum qikishadi Ammo dushmanga kuchlari yetmaydi. Shunday tahlikali vaqtda hayot-momot jangi bo’ladi. Ularning joylashuv lokatsiyasi aniqlanganidan keyin ualrga tezkor guruh yordamga kelib ularni qutqarib qoladi.
Film songida Komil barchaga muammo keltirgan va jinoyat boshida turgan Shayx Sulaymonning qayerdaligini aniqlaydi. Masofadan turib uning elektronmashinasiga xujum qilib uni yo’q qilishga erishadi.
RizaNova ilovasini yuklab oling @
Obuna bo'ling @
RizaNova @ Instagram
RizaNova @ Telegram