Hayit dasturxoni uchun Shoxona chak chak tayyorliymiz

Просмотров: 10, 091   |   Загружено: 4 мес.
icon
Кухня Шану
icon
261
icon
Скачать
iconПодробнее о видео
Shoxona chak chak retsepti
6 dona tuxum oqi (yani 240gr)
Osh sodasi 1gr
Tuxum oqini osh sodasi bilan yaxshilab koʻpirtirib olamiz. Ustiga
6 dona tuxum sarigʻini bitta bittalab solamiz.Va koʻpirtirishni davom etamiz.
450gr oliy navli sifatli un solib,hamir qoramiz. Qoʻlga yopishadigan yumshoq hamir boʻladi. Ustiga ozgina yogʻ surtib salafanga oʻrab dam oldirishga qoʻyib qoʻyamiz. Tingan hamirni un sepib onsongina yoyib olamiz hamir kattaligi 70-75 sm atrofida boʻladi.
Oʻrtasiga oʻsimlik yogʻi 20gr surtib. Hamirni buklab 3,5 sm ga 4,5 sm qilib kesib olamiz. Kesib olgan hamirlarni sochiqchaga yoyib orqa oldin 20daqiqadan aylantirib quritib olamiz. Endi pishirib oladigan yogʻimiz judayam kam ham boʻlib qolmasin. Qizigan lekin hovuridan tushgan yogʻda oʻrta olovdan biroz kamaytirib pishirib olamiz. Judayam qatiq va past olovda pishirmang siz kutgan natija boʻlmaydi boʻlmasam. Bu retseptdan bitta lagan chak chak tayyor boʻladi.Endi pishirib olingan chak chaklarni uxshab chiqanlarini alohida ajratib olib. Oʻxshamiy qolganlari ustidan sirob quyamiz va avval padnosga solamiz shunda ortiqacha asallari oqivoladi. Keyin laganga quyib, ustiga bir tekis boʻlib chiqqan chakchaklarni sirobga botib tahlab chiqamiz. Serob yaltiratib kley vazifasini bajaradi. Istasez taxlab olib hayitdan bir kun oldin sirobni isitib eritib olib ustidan kistda surtsez hayit kuni chak chakingiz dasturxonizda yaltirab turadi.
Bezaki uchun:
Tuxum bir dona
Tuz bir chimdim oʻrtacha hamir boʻlguncha un solib. Qorib olingan hamirni biroz dam oldirib,keyin yoyib,barg shaklida kesib, chetlarini ingizchq kesib chiqamiz va ehtiyotkorlik bilan pishirib olib, ortiqcha yogʻini shimdirib olish uchun qogʻoz salfetkaga qoʻyamiz

Похожие видео

Добавлено: 56 год.
Добавил:
  © 2019-2021
  Hayit dasturxoni uchun Shoxona chak chak tayyorliymiz - RusLar.Me