#xs_uz #narodnoeslovo
“Yangi Andijon” massivi. 4 ming gektar maydonda barpo etilayotgan bu mega loyiha 440 ming nafar aholini turar joy bilan taʼminlaydi. Qurilish ishlari 10-yil davomida amalga oshiriladi va ayni paytda u birinchi bosqichda. Shahar tom maʼnodagi zamonaviy talablar asosida barpo etilmoqda. Birgina aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash va oqova suv xizmati koʻrsatishda jahon tajribasiga asoslanilganligi bunga misoldir. “Andijon suv taʼminoti” AJ tomonidan manzilga uyushtirilgan press tur davomida bu borada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdik.