"O'ztemiryo‘lyo‘lovchi" aksiyadorlik jamiyati tomonidan mediatur tashkil qilindi

Просмотров: 270   |   Загружено: 1 год.
icon
Xalq so'zi Online
icon
5
icon
Скачать
iconПодробнее о видео
Mediaturdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan har xil turdagi videolavhalarni o‘rganish hamda yo‘lovchi tashish xo‘jaligining hozirgi kundagi ish faoliyatini keng jamoatchilikka yoritib berishdan iboratdir.
Tadbirning dastlabki kunida, ya’ni joriy yil 22 - may kuni tadbir ishtirokchilari "O'ztemiryo‘lyo‘lovchi" aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Yo‘lovchi vagonlarni texnik va texnologik tayyorlash, ta’mirlash filiali”ga tashrif buyurishdi.
U yerda yo‘lovchi poyezdlarini reysga tayyorlash hamda yo‘ldan qaytib kelgan vagonlarni qabul qilib, ayniqsa, SV, KUPE, PLASKART hamda sayyohlarga mo‘ljallangan vagonlarda reysga chiqishdan oldin amalga oshiriladigan ishlar, vagonlarga qo‘yiladigan barcha jihozlar, shuningdek, reysdan kelgan vagonlardagi choyshablarni yuvish, yangi matraslar, choyshablar tikish, dazmollash, qadoqlash sexlari faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari va blogerlarga keng ma’lumotlar berildi.
Tadbir doirasida ko‘rgazma ham tashkil qilindi. Unda poyezdlar yo‘lga ketishidan oldin amalga oshiriladigan ishlar, vagonlarga qo‘yiladigan barcha jihozlar namoyish qilindi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda yo‘lovchilarning temir yo‘l tarnsportidan foydalanishga bo‘lgan talabi sezilarli darajada oshdi. Hozirgi kunda yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” zamonaviy poyezdining 12 ta reysidan tashqari, har kuni 25 dan ziyod yo‘lovchi poyezdlari harakati amalga oshirilib, mamlakatimiz hamda xorijiy davlatlarga boradigan yo‘lovchilar o‘z manzillariga yetkazib qo‘yilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra bir kecha kunduzda 200 ta vagon ushbu “Yo‘lovchi vagonlarni texnik va texnologik tayyorlash, ta’mirlash filiali”da reysga tayyorlanadi. Vagonlarga qo‘yiladigan matraslarni, choyshablarni yuvish, dazmollash, qadoqlash ishlari, bundan tashqari yangi choyshablarni tikish ishlari ham mazkur korxonaning o‘zida amalga oshiriladi. Ushbu jarayonlarni amalga oshirish uchun hozirgi kunda bu korxonada 2000 nafardan ziyod ishchi xodim faoliyat olib bormoqda.
Mediaturning dastlabki kunida ishtirok qilgan ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
Mediaturning ikkinchi kuni, ya’ni 23 may kuni ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar uchun Toshkent-Samarqand yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdida safar tashkil qilindi. Unda vagonlarning holati, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan tanishtirildi. Toshkent -Buxoro -Toshkent yo‘nalishida qatnovini amalga oshirilayotgan Sharq tezyurar yo‘lovchi poyezdidagi vagonlar, shuningdek, sayyohlik poyezdi vagonlarining holati ko‘zdan kechirildi. Yo‘lovchilar bilan suhbatlar tashkil qilinib, vagondagi shart sharoitlar haqida fikrlari o‘rganildi.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida "O'ztemiryo‘lyo‘lovchi" aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” Aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilgan 4 ta yangi plaskart vagon sotib olindi. Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2023 yilning birinchi choragida "O'ztemiryo‘lyo‘lovchi" aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2 yarim millon nafardan ziyod yo‘lovchiga xizmat ko‘rasitilib, o‘z manziliga yetkazib qo‘yilgan. Bu ko‘rsatgichni 2022 yilning hisobot davri bilan solishtiradigan bo‘lsak, 405 ming nafardan ko‘p yo‘lovchi tashilganini ko‘rishimiz mumkin. Yo‘lovchilarning temir yo‘l transportidan foydalanishga bo‘lgan talabi kun sayin ortib bormoqda. Shularni inobatga olib, "O'ztemiryo‘lyo‘lovchi" aksiyadorlik jamiyati tomonidan yaqin ikki yil ichida jami 130 ta yangi yo‘lovchi vagon xarid qilish ko‘zda tutilgan.

Похожие видео

Добавлено: 55 год.
Добавил:
  © 2019-2021
  'O'ztemiryo‘lyo‘lovchi' aksiyadorlik jamiyati tomonidan mediatur tashkil qilindi - RusLar.Me