Silk Avia havo kemasi parki yangi ATR 72-600 bilan to‘ldirildi

Просмотров: 526   |   Загружено: 8 мес.
icon
Xalq so'zi Online
icon
8
icon
Скачать
iconПодробнее о видео
#xs_uz #narodnoeslovo
Bugun, 16-mart kuni soat 15:00 da Toshkent shahar xalqaro aeroportining mahalliy aviaqatnovlar terminaliga Uzbekistan Airways tarkibiga kiruvchi Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasining beshinchi havo kemasi kelib qo‘ndi. ATR 72-600 avialayneri Airbus konsernining Tuluza (Fransiya) shahridagi zavod aerodromidan olib kelindi. Aeroport va aviakompaniya xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari yangi havo kemasi va ekipajini suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olishdi.
Aviaparkning to‘ldirilishi O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida aviaqatnovlarning ko‘payishini anglatadi. Buning isboti sifatida, Toshkentdan Termiz shahriga kuniga ikki marta: kunduzi va kechqurun parvozlar amalga oshirilmoqda. Tez orada Silk Avia Buxoroga parvozlar sonini oshirishni rejalashtirmoqda. ATR 72-600 havo kemasi 60 dan 90 tagacha yo‘lovchini sig‘dira oladigan turbovintli avialaynerlarining muvaffaqiyatli tijorat loyihalaridan hisoblanadi. Shuningdek, ATR 72-600 ekspluatatsiya harjatlarini hisobga olgan holda tarixdagi barcha ishlab chiqarilgan tijorat laynerlari orasida eng samarali mashina hisoblanadi. ATR 72-600’ning maksimal parvoz qilish og‘irligi 22 800 kg ni tashkil qiladi, parvoz masofasi 1528 km gacha yetadi. Yangi layner allaqachon Silk Avia aviakompaniyasining parvozlar jadvaliga kiritilgan.
“Yangi O'zbekiston” strategiyasiga muvofiq Uzbekistan Airways aviakompaniyasining maqsadi respublikada havo qatnovining qulayligini ta’minlash va ichki turizmni rivojlantirishdan iborat. Ushbu maqsadga esa biz ATR rusumidagi turbovintli havo kemalarida mamlakatimiz shaharlari o‘rtasida aviatsiya aloqalarini rivojlantirish orqali erishishni rejalashtirmoqdamiz”, – dedi Uzbekistan Airways Boshqaruv raisi Shuxrat Xudaykulov.

Silk Avia – O‘zbekistonning birinchi mintaqaviy aviakompaniyasi bo‘lib, 2021-yil 6-iyulda mamlakat ichida kambyudjetli aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan. 2023-yilda Silk Avia brendini saqlab qolgan holda O‘zbekiston Respublikasi milliy aviatashuvchisi tarkibiga kiruvchi Uzbekistan Helicopters boshqaruviga o‘tdi.

Silk Avia aviaparki mazkur avilaynerni yetkazib berilishini hisobga olgan holda, 72 tagacha yoʻlovchini sigʻdira oladigan beshta ATR 72-600 mintaqaviy yoʻlovchi tashuvchi havo kemalarini oʻz ichiga oladi. Ayni paytda Silk Avia O‘zbekistonning Toshkent, Buxoro, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Farg‘ona va Urganch shaharlarini bir-biri bilan bog‘lab kelmoqda.

Похожие видео

Добавлено: 55 год.
Добавил:
  © 2019-2021
  Silk Avia havo kemasi parki yangi ATR 72-600 bilan to‘ldirildi - RusLar.Me