#xs_uz #narodnoeslovo
Davlatimiz rahbari 2019 yilda Chilonzor tumaniga tashrifi chog‘ida «Orient Ceramic» korxonasini borib ko‘rgan, uning faoliyatini kengaytirish muhimligini aytgan edi.
Shundan so‘ng Sergeli tumani hududida yana bir zavod qurilib, xorijdan ilg‘or texnologiya keltirib o‘rnatildi. Korxona shu yil iyun oyida faoliyat boshlab, 450 kishi ish bilan ta’minlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev uning ish jarayoni bilan tanishib, mahsulotlar sifatini ko‘zdan kechirdi.
Bu loyihaning qiymati 42 million dollar bo‘lib, yiliga 10 million kvadrat metr kafel va keramogranit mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mahsulotlar deyarli yuz foiz mahalliy xomashyodan tayyorlanishi bois xorijnikidan bir necha barobar arzon. Ularning sifatli, turli rang va hajmda ekani bozorbopligini ta’minlamoqda.
Ilgari bunday katta o‘lchamdagi keramogranit kafellar yurtimizga import qilinar edi. Endi ularning o‘rnini to‘ldirish bilan birga, mahsulotlarning yarmini eksport qilish ham mumkin.
Davlatimiz rahbari ushbu korxona tajribasi asosida yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.