#xs_uz #narodnoeslovo
Olmaliq shahridagi “Metallurg” madaniyat saroyida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tashkil topganining 75 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kombinat jamoasiga yo‘llagan bayram tabrigini Bosh vazir Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi.
Kuni kecha davlatimiz rahbari yubiley sana munosabati bilan ishlab chiqarish ilg‘orlaridan bir guruhini mukofotlash bo‘yicha tegishli Farmonni imzolagan edi.
Tadbirda davlatimizning ana shu yuksak mukofotlarini Prezidentimiz nomidan Bosh vazir o‘z egalariga topshirdi.
Mukofotlangan konchi va metallurglar yuksak eʼtibor uchun davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Tadbir so‘ngida konsert dasturi namoyish etildi.