Toshkentda harbiylar namoyishkorona piyoda yurishi bo‘lib o‘tdi

Просмотров: 39, 671   |   Загружено: 2 мес.
icon
Xalq so'zi Online
icon
691
icon
Скачать
iconПодробнее о видео
#xs_uz #narodnoeslovo
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab poytaxtimizning asosiy koʻchalari bo‘ylab Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy boʻlinmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari bo‘lib o‘tdi.

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasidan boshlab poytaxtimizning asosiy ko‘chalari bo‘ylab harakatlangan harbiy boʻlinmalar “Magic City” maydoniga qadar shahdam qadamlar bilan jangovar qo‘shiqlarni ijro etgani yurtdoshlarimiz qalbida Vatan himoyachilariga nisbatan faxr va iftixor tuyg‘ularini yanada oshirdi.

So‘ngi nuqtada Faxriy qorovul jamoasi va qoʻl jangi ustalarining koʻrgazmali chiqishlari, boʻlinmalarning jangovar chaqirigʻi, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etilgani esa yoshlar qalbida Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish oliy himmat ekanligini chuqur anglashiga xizmat qildi.

Похожие видео

Добавлено: 55 год.
Добавил:
  © 2019-2021
  Toshkentda harbiylar namoyishkorona piyoda yurishi bo‘lib o‘tdi - RusLar.Me