#xs_uz #narodnoeslovo
Ayni damda O‘zbekistonda ilk bor “Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusida Osiyo xotin-qizlari xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forumda hamisha qadimiy va navqiron Samarqand mezbonlik qilmoqda.
Forumni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva ochib berib, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning tadbir ishtirokchilariga murojaatini o‘qib eshittirdi. Murojaatda O‘zbekistonning gender tenglikni ta’minlash, mustahkamlash borasida yuqori o‘rinlarda ekanligi alohida qayd etildi.
Tanzila Narbayeva, shuningdek, ayollar uchun imtiyozli kreditlar, maxsus kvotalar ajratilgani, magistraturada o‘qiydiganlarning kontrakt to‘lovlari to‘liq davlat byudjetidan qoplab berilishini davlat o‘z zimmasiga olgani va natijada bugungi kunga kelib qiz bolani o‘qitmaslik, uyda o‘tirishi kerak degan stereotiplarga barham berilayotganini qayd etdi.“Hozirda oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan talabalarning yarmidan ko‘pini qizlar tashkil etmoqda. Agar oliy ta’limga qamrovning 2017 yildagi 9 foizni hozirgi 43 foiz qamrov bilan solishtirsak, oliy ta’limda qizlar ulushi keskin ortganini ko‘rishimiz mumkin”, dedi u.