#xs_uz #narodnoeslovo
28-Toshkent xalqaro tibbiyot ko'rgazmasi 2024-yil 16-18-aprel kunlari Uzekspomarkaz"ning 1, 2, 3, 4-pavilonlarida bo'lib o'tmoqda.Bugungi kunda aholi salomatligini muhofaza qilish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. O'zbekiston sog'liqni saqlash sohasida islohotlar o 'tkazilmoqda, moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyati mustahkamlanmoqda, kasalliklarni tashxislash va davolashning ilg'or usullari keng joriy etilmoqda.
Toshkent Xalqaro tibbiyot ko‘rgazmasining hamjamiyatidagi roli juda muhim, chunki ko'rgazma zamonaviy asbob-uskunalar, texnologiyalar, ilg'or davolash va diagnostika usullari bilan tanishish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi.
Bu har yili o'sib borayotgan ko'rgazmaning ishtiroki va tashrifi ko'rsatkichlaridan dalolat beradi.
Mazkur ko‘rgazmadan o‘rin olgan tibbiy asbob-uskunalar, laboratoriya uskunalari, farmatsevtika, stomatologiyadan tashqari tibbiy turizm, go‘zallik va sog‘liq bo‘limlari ham ishtirokchilar e’tiborini tortdi.