Toshkentda madaniy meros haftaligi boshlandi

Просмотров: 108   |   Загружено: 4 нд.
icon
Xalq so'zi Online
icon
1
icon
Скачать
iconПодробнее о видео
#xs_uz #narodnoeslovo
So‘nggi yillarda mamlakatimiz, ayniqsa, poytaxtimiz azim Toshkent tobora xalqaro madaniy muloqotlar maydoniga aylanib borayotgani ayni haqiqat. 18 oktyabr kuni O‘zbekiston madaniy merosni o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining anjumanlar zalida “Sharq renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar” mavzuidagi xalqaro anjuman bilan o'z ishini boshlagan madaniy meros haftaligi ushbu xayrli va ezgu tashabbuslarning uzviy davomi, desak, mubolag‘a emas.
8 kun davomida bo‘lib o‘tayotgan haftalikda mahalliy va xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan ekspertlar, olimlar, tarixshunoslar, bir qator soha xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.
Tantanali ochilish marosimida yig‘ilganlar e’tiboriga avvalo Yangi O‘zbekistonda davlat tomonidan fan, madaniyat va ta’lim sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida hujjatli hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati to‘g‘risida hikoya qiluvchi videofilm namoyish etildi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktori, Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov va boshqalar mamlakatimiz madaniy merosini o‘rganish hamda saqlash borasidagi olib borilayotgan bunday ezgu ishlar xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy yuksalishi, ularning Vatanamiz tarixiga bo‘lgan qiziqishini orttirishi, yurtimiz hamda Sharq xalqlari tarixini o‘rganishdagi muhim qadamligini ta’kidladi.
Ochilishdan so‘ng anjumanning birinchi sessiyasi ish boshladi. Unda xorijlik bir guruh olimlar — Islom tarixi, san’ati va madaniyati tadqiqot markazi bosh direktori o‘rinbosari Chingiz Tomar, Turkiya Qo‘lyozmalar instituti prezidenti Joshqun Yilmaz, Yaponiya Miho muzeyi maxsus ilmiy xodimi, fan doktori Sergey Laptev, BAA “Manara” markazi ijrochi direktori Baxita Ahmad al-Rumaytiy va boshqalar anjumanda ko‘zda tutilgan mavzular bo‘yicha ma’ruza qilishdi. Shuningdek, mavzuga doir loyihalar bilan tanishuv hamda muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Похожие видео

Добавлено: 55 год.
Добавил:
  © 2019-2021
  Toshkentda madaniy meros haftaligi boshlandi - RusLar.Me