#xs_uz #narodnoeslovo
“Shon-sharaf” davlat muzeyida “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini va front ortida fidokorona mehnat qilganlarni e’zozlash – O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Senati a’zolari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va O‘zbekiston Yozvchilar uyushmasi xodimlari, tarixchi olimlar va ijodkorlar hamda harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirok etdi. Mazkur seminar ishtirokchilarining “Matonat madhiyasi” monumentiga gul qo‘yish marosimi bilan boshlandi.