Baqlajonli kosachada kabob taomi judayam mazzali albatta tayyorlab koʻring #taomlar #retseptlar

Просмотров: 489, 493   |   Загружено: 8 мес.
icon
Кухня Шану
icon
6, 823
icon
Скачать
iconПодробнее о видео
Baqlajonli kosachada kabob taomi 😋juda mazali taom albatta tayyorlab koʻrishingizni maslahat bergan boʻlardim. Retsept yoqgan boʻlsa like bosib videoni yaqinlaringizga yuborib qoʻying. Demak
Baqlajonli taomimiz uchun:
✅Baqlajon 6dona (semizroq kaltaroq baqlajon tanlang)
✅Goʻsht 450gr
✅Saryogʻ 100gr
✅ Piyoz 1dona
✅ Bulgʻori qizil 1dona
✅Pomidor 1dona
✅Tomat pastasi 1oshq
✅Sarimsoq piyoz 4-5dona
✅Tuz va ziravorlar
Baqlajonlarni zebra qilib tozalaymiz, yarmini gorizontal ravishda kesib, pastki qismlari tekis bo'ladigan tarzda yaxshilab kesib tashlaymiz, yuqoridan ichkariga chuqur kesamiz. Har bir baqlajonni videodagidek atrofini va ichlarini cho'tka bilan yog'laymiz va tuz,murch sepib,duxovkada 200° da 40 minut pishiramiz, pishgan baqlajonlarning o'rta qismlarini vilka bilan ichiga teshik qilamiz.
Tovaga saryogʻ solib eritib,Go'shtimizni solamiz va go'sht suvlari qolmaguncha qovuramiz.Soʻngra goʻshtimizga mayda toʻgʻralgan piyoz,pomidor,qizil bulgʻori qoʻshib qovuramiz va tuz ziravorlar(murch,paprika) maydalangan sarimsoqpiyoz va 1osh qoshiq tomat pastasidan solib yaxshilab qovuramiz va suv solib 30daqiqaga dimlab quyamiz. Pishib chiqqach goʻshtli nachinkamizni baqalonlarni ichiga toʻldiramiz va ustiga pomidor boʻlaklaridan parrak qilib kesib qoʻyib, pomidor sousidan quyamiz(1 osh tomat pastasiga 150ml suv aralashtiramiz. 200 ° gradusda 35 daqiqa davomida pishiramiz. Qolgan souslaridan ustida quyib garnir bilan birgalikda dasturxonga tortamiz.

Похожие видео

Добавлено: 55 год.
Добавил:
  © 2019-2021
  Baqlajonli kosachada kabob taomi judayam mazzali albatta tayyorlab koʻring #taomlar #retseptlar - RusLar.Me