Ajiniyaz (o'zbek film) | Ажинияз (узбекфильм)

Просмотров: 7, 351   |   Загружено: 5 мес.
icon
Uzbekkino
icon
82
icon
Скачать
iconПодробнее о видео
Filmdagi bosh qahramon Ajiniyaz Qo'siboy o'g'li 1824-yili Orol dengizining janubiy sohilida, Amudaryoning dengizga quyilishi, hozirgi Mo'ynoq tumani hududida ochamayli va qiyot urug'lari istiqomat qiladigan Qamish bo'g'ot ovulida tug'ilgan. Ajiniyazning otasi Qusiboy, bobosi Boltabek, katta bobosi Oqjigitlar o'z zamonasining peshqadam kishilari bo'lgan. Onasi Nazira bibi ham so'zga usta va chechan ayol edi. Ajiniyaz avval Xo'jamurod eshon madrasasida, onasi vafot etganidan keyin tog'asi Elmurod oxun madrasasida tahsil oladi. Ilmga chanqoq o'spirin talaba madrasada o'qish bilan bir qatorda kutubxonadagi ayrim kitoblarni ko'chirish bilan shug'ullanadi va mashhur kotib sifatida elga taniladi. U o'n olti yoshida Alisher Navoiy devonidan kitob ko'chirgani tarixda ma'lum. Ajiniyaz o'qishni Xivada davom ettiradi. Bu qadim shaharda u turkiy xalqlarning mashhur shoirlaridan biri Mahtumquli ta'lim olgan Sherg'ozi madrasasi, so'ngra Qutlimurod inoq madrasasida o'qiydi. Madrasada diniy ilmlardan tashqari Alisher Navoiy, Hofiz, Sa'diy, Fuzuliy kabi Sharq mumtoz shoirlarining ijodi ham chuqur o'rganilgan. Shu bois Ajiniyaz so'z mulkining salaflari merosi, badiiy mahorat saboqlaridan keng bahramand bo'lgan.

Qudrat Atajonov filmi

RizaNova ilovasini yuklab oling @
Obuna bo'ling @ ​​​
RizaNova @ Instagram ​​​
RizaNova @ Telegram

Похожие видео

Добавлено: 56 год.
Добавил:
  © 2019-2021
  Ajiniyaz (o'zbek film) | Ажинияз (узбекфильм) - RusLar.Me