Eng mazzali beyti kebab retsepti

Просмотров: 79, 668   |   Загружено: 10 мес.
icon
Кухня Шану
icon
2, 809
icon
Скачать
iconПодробнее о видео
Beyti kebabimiz uchun:
✅ Goʻsht qiymasi 500gr
✅ Bulg’or qalampiri 2xili rangidan yarimtadan ishlatdim
✅ 2 dona piyoz
✅tabga qarab tuz va ziravorlar (paprika,murch,koriandr)
✅sarimsoq piyoz bir dona mayda toʻgʻralgani
✅lavash hamirlari 3 dona
✅motsarella sir 150gr
Sousi uchun:
✅Saryog’ 200gr
✅tomat pastasi 1osh q
✅tabga qarab tuz va ziravorlar(murch,paprika)
✅koʻkatlardan kashnich,petrushka
Demak idishimizga qiyma,mayda toʻgʻralgan bulgʻori, tuz va ziravorlar, mayda qilib toʻgʻralgan sarimsoqpiyoz, qirgʻichdan chiqarilgan piyoz suvlari bilan solamiz va yaxshilab urib-urib aralashtirib olamiz kebablarimizni. Soʻngra 3qismga boʻlib,pergament qog’oz solingan listimizga taxlaymiz va qizib turgan duxofkamizda 180gradusda 25 daqiqa davomida pishirib olamiz. U vaqt oraligʻida sousini tayyorlab olamiz. Sousi uchun pastroq olovda saryogʻlarimizni eritib olib tomat va tuz,ziravorlar qoʻshib olovni oʻchiramiz va koʻkatlarini solamiz.
Endi lavash hamirlariga souslarimizni surtamiz va beytilarimizni qoʻyib.oʻrab olamiz va 2-3sm qilib kesib,pergament qogʻozi solingan listimizga taxlaymiz va ustlariga qirgʻichdan chiqarilgan motasella sirlarimizni qoʻyib chiqamiz. Qizigan duhovfkamizda 5-6daqiqa sirlari eriguncha ushlaymiz. Mazzali boʻlib pishib chiqqan beytilarimizni yoniga suzma ustiga ozgina paprika sepib va bulgur yoki guruch va turlu salatlar bilan dasturxonga tortishingiz mumkin. Yoqimli ishtaxa🫶❤️

Похожие видео

Добавлено: 55 год.
Добавил:
  © 2019-2021
  Eng mazzali beyti kebab retsepti - RusLar.Me