ZOMIN DAVLAT QOʻRIQXONASI

Просмотров: 1, 715   |   Загружено: 4 мес.
icon
Xalq so'zi Online
icon
31
icon
Скачать
iconПодробнее о видео
#xs_uz #narodnoeslovo
Zomin davlat qoʻriqxonasi oʻz bagʻrida noyob archazorlarni va archazorlardagi hayvonot dunyosini tabiiy holda saqlayotgan qoʻriqxonalardan hisoblanadi. Bu yerda 700 turga yaqin yuksak oʻsimliklar oʻsadi. Ularning 13 turi Oʻzbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan, 48 turi esa Gʻarbiy Turkiston endemik turlari hisoblanadi. Shuningdek, shifobaxsh oʻsimliklarning 20 turdan ortigʻini uchratish mumkin.

Qoʻriqxona hududidagi togʻlar dengiz sathidan 1 ming 700 metrdan 4 ming metrgacha balandlikka ega uch zonani – togʻlarning pastki, oʻrta va yuqori qismlarini oʻz ichiga oladi. Shuningdek, ushbu hududda 1 ming 500 dan 2 ming 500 yoshgacha boʻlgan tabiiy archazorlardan tashqari oq qayin singari bir qancha noyob daraxtlar ham bor.

Ahamiyatlisi qoʻriqxonadagi tabiiy oʻrmonzorlarning saqlanishi evaziga bugungi kunda ayiq, silovsin kabi bir qancha noyob jonivorlarning soni ham koʻpaygan.

Похожие видео

Добавлено: 55 год.
Добавил:
  © 2019-2021
  ZOMIN DAVLAT QOʻRIQXONASI - RusLar.Me