2021 yilning 6 avgust kuni poytaxtda va Toshkent viloyatining markazi – Nurafshon shahrida ikkita yangi UZTELECOM savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimlarini Bosh vazir maslahatchisi – IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i Olimjon Umarov, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Toshkent viloyat hokimi o‘rinbosari Shuxrat Xakimov, shuningdek mahalliy hokimiyat vakillari va Kompaniya rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Tadbirlar davomida ishtirokchilar ofislar faoliyati bilan tanishibgina qolmay, taqdim etiladigan xizmatlar yuzasidan qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
UZTELECOM – Milliy operator
Yangiliklardan xabardor bo'ling: