#xs_uz #narodnoeslovo
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirigʻiga asosan mahallalarda aholi muammolarini oʻrganish va hal etish, bandligini taʼminlash, oilalarni mustahkamlash, maʼnaviyat va maʼrifat, yoshlar tarbiyasi kabi yoʻnalishlarda Bektemir tumanida ishchi guruh tuzilib, bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan joriy yilning 26-yanvar kuni Bektemir tumanida joylashgan “Zabardast” va “Musaffo” mahallalarida sogʻliqni saqlash, bandlik va boshqa yoʻnalishlarida aholiga yengillik yaratish maqsadida ushbu mahalla fuqarolari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik, tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar tomonidan taqdim etilgan boʻsh ish oʻrinlar bilan mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
3 ta fuqaroga subsidiya asosida oʻzini oʻzi band qilish uchun tikuv dastgohlari berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar doirasida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy-musiqiy tadbiri ham boʻlib oʻtdi. Unda 300 dan oshiq kishi qatnashdi. Tumanda shu kunga qadar ushbu tadbirlar orqali 3000 dan oshiq kishi ishtiroki taʼminlandi.