#xs_uz #narodnoeslovo
Toshkent shahar sudi tashabbusi va Sudyalar oliy kengashi qoʻllab-quvvatlovi bilan “Sud tizimidagi islohotlar. Sudlar va ommaviy axborot vositalari hamkorligi: muammo va yechimlar” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda poytaxt sudlari mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari vakillari, huquqshunos-blogerlar ishtirok etdi.
Qayd etildiki, mamlakatimizning barcha jabhalari qatori sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda ochiqlik va shaffoflik tamoyili ustuvor yoʻnalishga aylandi. Chunki, mazkur tamoyillar sudlarga boʻlgan ishonchni taʼminlovchi asosiy omillardan biridir. Aholining odil sudlovdan xabardorlik darajasini oshirish, bu jarayonda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik, sudlar faoliyatiga oid xolis va tezkor axborot taqdim etishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish ham muhim hisoblanadi.
Sudlar faoliyatining samaradorligi jamiyatning unga boʻlgan ishonchiga va sud qarorlarining huquqiy asoslarini toʻgʻri tushunishiga bogʻliq. Bu esa sud ishlari ommaviy axborot vositalari professional darajada yoritilishida sud idoralari va jurnalistlar oʻrtasidagi konstruktiv hamkorlik zaruriyat darajasida ekanini ham anglatadi.
Shuningdek, davra suhbatida ijtimoiy adolatni barqarorligi jamiyatda huquqiy madaniyat, huquqiy ong bilan chambarchas bogʻliq ekani ham alohida taʼkidlandi. Jamiyatni huquqiy madaniyat shakllantirish huquqiy targʻibot ishlari samaradorligiga ham bogʻliq. Huquqiy targʻibot ishlarini ommaviy axborot vositalarisiz samarali amalga oshirishning deyarli iloji yoʻq.
Tadbirda sud ishlarini yoritishning xos xususiyatlari, sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini taʼminlash, bu jarayonda yuzaga kelayotgan ayrim tushunmovchiliklar hamda ularning huquqiy yechimlari borasida fikr almashildi.
Bundan tashqari mutasaddilar tomonidan poytaxt sudlari tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar, sud ishlarini koʻrib chiqish boʻyicha qonunchilikka kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar haqida atroflicha axborot berildi.