Vatan fidoyilari xotirasi xalqimiz qalbida mangu yashaydi

Просмотров: 1, 510   |   Загружено: 3 мес.
icon
Xalq so'zi Online
icon
26
icon
Скачать
iconПодробнее о видео
#xs_uz #narodnoeslovo #31-avgust—Qatag'on qurbonlari xotirasini yod etish kuni

Qatag‘on qurbonlari degan so‘zni har doim eshitganimizda tariximizning mash’um davrlaridan biri yodimizga tushadi. Ayniqsa, o‘tgan asrning 30-50-yillarida bo‘lgan mislsiz qatag‘onlarda yurtimizning oqillari, olimlari, adiblari, ulamolari qamaldi va qatl etildi. Bir so‘z bilan aytganda nafaqat O‘zbekistonda balki, sobiq sovet tarkibidagi ko‘plab davlatlarda bu kabi ommaviy qatag‘onlar avj oldi.

Qatag‘on qurbonlarining asarlari yo‘q qilindi. Ushbu asarlarni o‘qigan, o‘rgangan odamlar esa «xalq dushmani» sifatida talqin etilib jazolandi.

Barchamizga ma’lum 4 - oktabr O‘zbekiston tarixidagi eng qora kunlardan biri hisoblanadi. 1938-yilning aynan shu kunida o‘zbekning asl farzandlariga otuv hukmi o‘qilib, hukm shu kunning o‘zida ijro qilingan.

Manbaalarda keltirilishicha Harbiy kollegiyaning 1938-yil 4-oktyabrdan boshlangan sayyor yig‘ilishlarida oktabr oyining oxirigacha jami 500 dan ortiq o‘zbekistonlik siyosiy mahbus ustidan hukm chiqarildi. Umuman olganda, 1930-1956 - yillarda SSSR bo‘ylab 20 million kishi GULAGga tashlangan. Ulardan 2 millioni nobud bo‘lgan.

Похожие видео

Добавлено: 55 год.
Добавил:
  © 2019-2021
  Vatan fidoyilari xotirasi xalqimiz qalbida mangu yashaydi - RusLar.Me