Bugun yurtimizda Ichki ishlar organlari xodimlari kuni nishonlanmoqda

Просмотров: 676   |   Загружено: 3 нд.
icon
Xalq so'zi Online
icon
11
icon
Скачать
iconПодробнее о видео
#xs_uz #narodnoeslovo
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tizim xodimlari va faxriylariga bayram tabrigini o‘qib eshittirdim.
Tabrikda ularning xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi katta xizmatlari minnatdorlik bilan e’tirof etildi.
Ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish, ularni el-yurt manfaatlari yo‘lida xizmat qiladigan xalqchil va professional tizimga aylantirish bo‘yicha qilingan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar qayd qilindi.
Davlatimiz rahbarining qutlovida ichki ishlar tizimidagi o‘zgarishlarning amaliy natijasini xalqimiz o‘z kundalik hayotida doimo sezishi, his etishi shartligi ta’kidlanib, tizim xodimlariga ezgu tilaklar bildirilgan.

Похожие видео

Добавлено: 55 год.
Добавил:
  © 2019-2021
  Bugun yurtimizda Ichki ishlar organlari xodimlari kuni nishonlanmoqda - RusLar.Me