#xs_uz #narodnoeslovo
Mana bu tabiat manzarasini qarang, viqorli togʻlar, bahri dilni ochib yuboradigan archazorlar, ularni koʻrib ona tabiat bizning chinakam gʻamxoʻrimiz ekaniga yana bir karra guvoh boʻldik. Chunki, togʻlar bagʻridagi odam qadami yetmagan joylarda yam-yashil boʻlib koʻkarib turgan xilma-xil archalarni va boshqa daraxtlarni, butasimon oʻsimliklarni qoʻl kuchi bilan ekib, koʻkartirish oson ish emas. Bu murakkab vazifani tabiatning oʻzi yillar davomida bajarib kelyapti. Faqatgina bu yerlarda tabiatning bu ishiga xalaqit berilmayapti xolos.