Bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanmaslik yuzasidan Milliy monitoring oʻtkaziladi
- Видео
- О видео
- Скачать
- Поделиться
Bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanmaslik yuzasidan Milliy monitoring oʻtkaziladi
59 | 1 год. назад | 2 - 0
#xs_uz #narodnoeslovo
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Malaka oshirish institutida «2023-yilgi paxta yigʻim-terimi mavsumida terimchilar uchun shart-sharoit yaratilishi, bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanmaslik yuzasidan Milliy monitoringi tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida” mavzunidagi brifing oʻtkazildi.
Brifingda taʼkidlanganidek, Prezidentimizning qatʼiy irodasi tufayli soʻnggi yillarda mamlakatimizda bolalar mehnati va majburiy mehnatga butunlay barham berish borasida katta natijalarga erishildi, shu maqsadlarda qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi va mavjudlari qayta koʻrib chiqildi. Buning natijasida yurtimizda bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berildi. Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan 2021-yilgi paxta-yigim terimi mavsumi davomida oʻtkazilgan “Uchinchi tomon monitoringi” natijalariga koʻra bolalar mexnati va majburiy mehnatdan umuman foydalanilmaganligi qayd etildi. Shuningdek, 2021-yil 9-aprelda Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqining “GSP+” umumiy imtiyozlar tizimining benefitsiari maqomini oldi. 2022-yil 10-mart kuni esa “Cotton Campaign“ xalqaro koalitsiyasi oʻzbek paxtasiga nisbatan global boykot bekor qilinganini eʼlon qildi va bu Oʻzbekiston uchun katta iqtisodiy yutuq boʻldi. Ushbu yutuqlar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kuni kecha BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida soʻzlagan nutqida alohida toʻxtaldi. Bolalar mehnati va majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik borasida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham tizimli ishlarni olib bormoqda. Xususan, mana bir necha yildirki, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda paxta yigʻim-terimi mavsumida terimchilar uchun shart- sharoit yaratilishi, bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanmaslik yuzasidan Milliy monitoring oʻtkazib kelinmoqda.
Brifingda joriy yilda ham Milliy monitoring oʻtkazish rejalashtirilgani, u 26-sentyabrdan 31-oktyabrgacha davom etishi xamda bu yilgi Milliy monitoring Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi va Ijtimoiy- mehnat masalalari boʻyicha Respublika uch tomonlama komissiyasining majlis bayonlari va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Ijroiya qoʻmitasi qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi va Tavsiyalarga asosan oʻtkazilishi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi. Qayd etilganidek, bu yilgi monitoring ham Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi (OʻzNNTMA)ga aʼzo boʻlgan fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida oʻtkaziladi.
Monitoringni oʻtkazishdan asosiy maqsad paxta yigʻim-terimi ishlarida voyaga yetmagan shaxslarning, oʻkuvchi va talabalarning, byudjet va nobyudjet tashkilotlari xodimlarining majburiy mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, paxta yigʻim-terimi mavsumida terimchilar uchun yetarli yashash, dam olish va mehnat sharoitlari yaratilganini baholash, koʻlda terilgan har bir kilogramm paxta xom ashyosi uchun adolatli mehnat haqi toʻlanishini nazorat qilish, paxta-toʻqimachilik klasterlari, fermer xoʻjaliklari xodimlari bilan mehnat shartnomasi, vaqtinchalik terimga jalb qilingan fuqarolar bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muddatli mehnat shartnomasi tuzilganligini hamda terim otryadlari va tuman fermerlar kengashi oʻrtasida xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida shartnomalar tuzilganligini nazorat qilishdan iborat.
Чтобы скачать видео "Bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanmaslik yuzasidan Milliy monitoring oʻtkaziladi" передвинте ползунок вправо
- Комментарии
Комментарии ФБ