Sherali Juraev - Ajab Hangomalar Ko'rdim
- Видео
- О видео
- Скачать
- Поделиться
Sherali Juraev - Ajab Hangomalar Ko'rdim
5, 805 | 2 мес. назад | 123 - 0
Jahonni kezdim, ey do‘stlar, ajab hangomalar ko‘rdim,
Tog‘u toshu, bog‘u rog‘u, gulu gulzorlar ko‘rdim.
Jahonga kelganin sezmay, ketar vaqtini ham bilmay,
Bu qanday sir debon hayron, yana hayronalar ko‘rdim.
Nafing tegsa do‘stlik qilgan, hatto itingni sizlagan,
Pul, mol uchun do‘st bo‘lgan ajab “do‘st yor”lar ko‘rdim.
Qarindoshin yot deb bilgan, bir-biriga qosh chimirgan,
Bir onadan oq sut emgan ajab “begonalar” ko‘rdim.
Kishi oshini yeb birga, tovog‘ini urib yerga,
Tuz yeb turib tuzdoniga tupurgan devonalar ko‘rdim.
Bugun unda, erta bunda, yurar husnin sotib kunda,
Hazar etgay yer ham undan ajab sharmandalar ko‘rdim.
Hamon kezmoqdaman, kezib oxir bunda yetdim,
Do‘st dushman ichra bilmam sirim kimga aytdim.
Mardlar bilan o‘ltirganda do‘stlik sharobin ichdim,
Nomard bilan o‘ltirganda mardlar g‘iybatin eshitdim.
Go‘zallar-la o‘ltirganda jahonni g‘amidan kechdim,
Jahonga keldimu ammo bilolmasman qachon ketgum.
Jahonni kezdim, ey do‘stlar, ajab hangomalar ko‘rdim,
Tog‘u toshu, bog‘u rog‘u, gulu gulzorlar ko‘rdim.
Чтобы скачать видео "Sherali Juraev - Ajab Hangomalar Ko'rdim" передвинте ползунок вправо
- Комментарии
Комментарии ФБ