“Oʻzbekgidroenergo” AJ: sarhisob, istiqboldagi rejalar va xalqaro reyting natijalari
- Видео
- О видео
- Скачать
- Поделиться
“Oʻzbekgidroenergo” AJ: sarhisob, istiqboldagi rejalar va xalqaro reyting natijalari
487 | 11 мес. назад | 5 - 0
#xs_uz #narodnoeslovo
Mamlakatimizda barcha sohalar qatori energetika sohasi, xususan, gidroenergetika ham tobora taraqqiy etib bormoqda. Bu borada Prezidentimiz hamda Hukumatimiz tomonidan normativ-huquqiy asoslar yanada mustahkamlanib, xorijiy hamda mahalliy sarmoya keng jalb qilinayotgan investitsiyaviy dasturlar asosida “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar hayotga izchil tatbiq etilmoqda.
Shu bilan birga, Jamiyatning tizimli va samarali faoliyati xalqaro darajada eʼtirof etilib, qator xalqaro reyting natijalariga erishib kelmoqda.
Bugun, 22-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Jamiyat tomonidan “Oʻzbekgidroenergo” AJ: 2023-yil yakunlari sarhisobi, istiqboldagi rejalar va xalqaro reyting natijalari” mavzuidagi matbuot anjumani oʻtkazildi.
Tadbirda Jamiyat Boshqaruvi rahbariyati, Ijro apparati boshqarma va boʻlim boshliqlari, masʼul mutaxassislar, televideniye, radio, bosma va elektron OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etdi.
Taʼkidlanganidek, “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan tizimli ishlar amalga oshirildi. Xususan, faol islohotlar natijasida jami 36 ta loyiha, shu jumladan, 23 ta yangi GES qurilishi amalga oshirilib, muvaffaqiyatli foydalanishga topshirildi va 13 ta mavjud GES zamonaviy andozalar asosida modernizatsiya qilindi.
Soʻnggi olti yil ichida mamlakatimizda GESlarning umumiy soni 2017-yildagi 35 tadan 58 taga hamda oʻrnatilgan quvvati esa 1 856 MVtdan hozirgi 2 233 MVt ga yetkazilib, qoʻshimcha ravishda qariyb 400 MVt quvvatlar yaratildi. Eʼtiborli tomoni, bu koʻrsatkich soʻnggi yillarda nafaqat Oʻzbekistonda, balki MDH davlatlarida ham katta koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi.
Hozirgi kunda Investitsiya dasturiga muvofiq jami quvvati 749 MVtga teng boʻlgan 13 ta investitsiya loyihasi doirasida qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.
Aytish joizki, joriy 2023-yilda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar natijasi oʻlaroq, Toshkent, Andijon, Samarqand va Surxondaryo viloyatida umumiy quvvati 190 MVtga teng 8 ta GES, shu jumladan, 3 ta yirik GES va 5 ta mikroGES mamlakatimiz sanoati ravnaqi va xalq farovonligi yoʻlida ishga tushirildi. Xususan, Toshkent viloyatida Ispaysoy mikroGES, Andijonda Zavroq, Xonobod mikroGESlari, Samarqandda Shaudar va PK 102+00 GES, Surxondaryoda Toʻpolang GES va Isfara-1 mikroGES loyihalari, shular jumlasiga kiradi.
Kuni kecha Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida “Isfara mikro GES-1»ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu GES biz uchun alohida ahamiyat kasb etib, gidroenergetikadagi dastlabki “milliy” GESga aylandi. Sababi Oʻzbekistonda ilk bor mazkur GES doirasidagi barcha ishlar, shu jumladan, loyiha ishlari, asbob-uskunalari — mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan toʻliq oʻzimizda tayyorlandi. Xususan, Jamiyat tizim tashkiloti hisoblangan — “Suvsanoatmash” AJda negizida ushbu GES uchun zarur boʻlgan barcha jihozlar ishlab chiqarildi.
Mintaqamizda soʻnggi yillarda suv kam boʻlgan mavsumlar tez-tez takrorlanmoqda. Shunday boʻlsa-da, “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari natijasida yaratilgan qoʻshimcha quvvatlar evaziga gidroenergetika salohiyatini, nafaqat bir maromda saqlash, balki yildan yilga mavjud quvvatlarni oshirib borilishiga ham erishilmoqda.
Joriy yilda respublika elektr energiya balansiga Jamiyat tasarrufidagi energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan 7,0 млрд.кВт.соатга yaqin elektr energiyasi milliy elektr tarmoqlariga yetkazib berilishi moʻljallangan. Bu oʻtgan yilgi koʻrsatkichga nisbatan 8 foizga koʻproq deganidir.
“Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati toʻrt yildan buyon jahonda yetakchi top “uchlik” reyting agentliklaridan biri hisoblangan “Fitch Reytings” xalqaro reyting agentligining “BB-” xalqaro kredit reytingini barqaror darajada saqlab kelmoqda.
Bundan tashqari, Jamiyat tomonidan Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar natijasida kuni kecha Buyuk Britaniyaning Sustainable Fitch reyting agentligi tomonidan ESG xalqaro reytingi berildi.
Чтобы скачать видео "“Oʻzbekgidroenergo” AJ: sarhisob, istiqboldagi rejalar va xalqaro reyting natijalari" передвинте ползунок вправо
- Комментарии
Комментарии ФБ