Sport tarixida matonatli ayollar timsoli
- Видео
- О видео
- Скачать
- Поделиться
Sport tarixida matonatli ayollar timsoli
274 | 4 дн назад | 4 - 0
#xs_uz #narodnoeslovo
Toshkent fotosuratlar uyida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Sport tarixida matonatli ayol timsoli“ nomli respublika fotokoʻrgazmasi ish boshladi. Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu koʻrgazmada sport tarixida ayollarning oʻrnini aks ettiruvchi 100 dan ziyod fotosuratlar namoyish etilmoqda.
Fotokoʻrgazmada 1930-yillardan to bugungi kungacha ayol sportchilarning musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari, spartakiada va olimpiada tadbirlaridagi faol ishtiroki aks etgan. Ayniqsa, ilk bora namoyish etilgan 20 dan ortiq fotosuratlar tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uygʻotmoqda.
Koʻrgazmaning ochilish marosimida sportda yuksak yutuqlarga erishgan ayollar, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida “NURSAMUS” kimono kompaniyasi hamkorligida sport kiyimlari namoyishi ham oʻtkazildi.
Fotokoʻrgazma 10-martga qadar davom etadi va barcha sportga qiziquvchi hamyurtlarimizni tashrif buyurishga chorlaydi.

Чтобы скачать видео "Sport tarixida matonatli ayollar timsoli" передвинте ползунок вправо
- Комментарии
Комментарии ФБ