Quymoqli mazzali taom #taomlar #taom
- Видео
- О видео
- Скачать
- Поделиться
Quymoqli mazzali taom #taomlar #taom
282, 266 | 8 мес. назад | 5, 988 - 0
Aniq bunaqangi mazzali taom tayyorlab koʻrmagansiz. Retsept yoqsa like bosib, videoni yaqinlarimizga joʻnatib qoʻyamiz. Demak kerakli masalliqlar:
Quymoqli taomimiz uchun:
✅8 ta tuxum
✅1osh q tuz
✅2 osh q oʻsimlik yogʻi
Qiymasiga:
✅400 gr goʻsht qiymasi
✅2 ta piyoz
✅1 ta kartoshka
✅2-3 dona sarimsopiyoz
✅Tuz, murch
✅Saryogʻ
Garnir uchun:
✅Uz rice grechkalari 250gr
✅Oʻsimlik yogʻi
✅1dona piyoz
✅1dona qizil sabzi
✅ 1osh tomat pastasi
✅Tabga koʻra tuz
✅ Suv
Idishga tuxumlarimizni chaqib, yarim choʻmich oʻsimlik yogʻi va tabga koʻra tuz solib aralashtirib olamiz. Qizigan tovada birma bir quymoqlarimizni pishirib olamiz.
Qiyma ustiga mayda toʻgʻralgan piyoz, qirgʻichdan chiqarilgan kartoshka ezib olingan sarimsoq piyoz va tabga koʻra tuz, murch solib mushtlab olamiz.
Quymoqlarimiz orasiga qiyma qoʻyib videoda koʻrsatilgandek oʻrab olamiz.
Duxovka listiga joylab bir boʻlakdan saryogʻ qoʻyib 160gradusda 40 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Hohishga koʻra bezatib darsturxonga tortamiz.
Judayam mazali boʻladi albatta tayyorlab koʻring❤️

Чтобы скачать видео "Quymoqli mazzali taom #taomlar #taom" передвинте ползунок вправо
- Комментарии
Комментарии ФБ