Yer yuzi aholisi soni 5 milliardga yetdi, tariximiz boy, biz uni qanday o‘rganyapmiz?
- Видео
- О видео
- Скачать
- Поделиться
Yer yuzi aholisi soni 5 milliardga yetdi, tariximiz boy, biz uni qanday o‘rganyapmiz?
310 | 4 мес. назад | 6 - 0
#xs_uz #narodnoeslovo
Yer yuzi aholisi soni 5 milliardga yetdi,
tariximiz boy, biz uni qanday o‘rganyapmiz?
11 iyul sanasi tarixi tafsilotlari bilan Zilola Xolto‘rayeva.
Ma'lumki, 1987 yil 11 iyulda Yer yuzi aholisi soni 5 milliardga yetgan edi. Shundan boshlab bu sana butun dunyoda Butunjahon aholishunoslik kuni sifatida keng nishonlab kelinadi. 1969 yilda Aholishunoslik faoliyati bo‘yicha maxsus jamg‘arma tuzilgan va u 1987 yilda BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi nomini olgan. Ushbu jamg‘armaning asosiy maqsadi esa har bir insonning, ya'ni erkaklar, ayollar va bolalarning sog‘lom hayot kechirish va teng imkoniyatlarga ega bo‘lish huquqlarini himoya qilishdan iboratdir.
Shu o‘rinda aytish joizki, Butunjahon aholishunoslik kuni doirasida o‘tkazib kelinayotgan turli-tuman tadbirlar asosan xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish hamda qashshoqlik qamrovini kamaytirish va barqaror rivojlanishni ta'minlashda muhim rol o‘ynab kelmoqda.
Xalqimiz, yurtimiz tarixi judayam boy. Xo‘sh, biz ana shu tariximizni qay darajada o‘rganyapmiz?
Oxirgi yillarda mamlakatimizda bu borada dadil qadamlar tashlandi. Prezidentimizning 2019 yil 11 iyuldagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ana shu harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.
Shu tariqa o‘sha yilning 1 sentyabridan mazkur telekanal ishga tushdi. Yangi kanal yurtimizning boy tarixi, xalqimizning jahon svilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan ilmiy, madaniy va ma'naviy hissasini keng yoritib kelmoqda. Bugun kanalda tariximizning barcha davrini qamrab olgan ilmiy-ommabop dasturlar, hujjatli va badiiy filmlar, axborot-tahliliy teleko‘rsatuvlar, tok-shou va davra suhbatlari namoyish etilmoqda.
Kun tarixiga doir boshqa muhim voqelar esa quyidagilardan iborat:
1576 yil. Martin Frobisherning ingliz ekspeditsiyasi Grenlandiyani kashf etdi.
1783 yil. Fransiya akademiyasi paroxodni rivojlantirish bo‘yicha ishni umidsiz deb to‘xtatdi.
1890 yil. Yaponiya tarixida birinchi parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi.
1897 yil. Arktikani shar yordamida o‘rganishga birinchi urinish bo‘ldi.
1905 yil. Xalqaro sport bouling assotsiatsiya tuzilgan.
1933 yil. Jenevada giyohvand moddalarni nazorat qilish bo‘yicha xalqaro konvensiya qabul qilingan.
1984 yil. AQSh 1989 yildan barcha avtomobillarda xavfsizlik kamari bo‘lishi kerakligini e'lon qildi.
1995 yil. Xalqaro shokolad kuni. Bu bayramni fransuzlar o‘ylab topgan bo‘lib, bu kunda shokolad ishlab chiqaruvchi zavodlar, qandolat fabrikalarga ekskursiyalar uyushtiriladi.
2001 yil. Moskvada Jahon yoshlar o‘yinining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan.
2017 yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi.
Vaqti kelib sizning ham biron bir kashfiyotingiz yoki xizmatlaringiz kun tarixini bezab turishi mumkin. Buni aslo esdan chiqarmang!
“Kun tarixi”ni kuzatishda davom eting.
Чтобы скачать видео "Yer yuzi aholisi soni 5 milliardga yetdi, tariximiz boy, biz uni qanday o‘rganyapmiz?" передвинте ползунок вправо
- Комментарии
Комментарии ФБ